Biznes boshqaruv asoslari


Download 0.76 Mb.
bet25/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Savdo muvozanati. 
Mamlakatning umumiy eksport va importlari o’rtasidagi farq savdo muvozanati deyiladi. Agar
importga nisbatan eksport ko’proq bo’lsa, bu savdo ortiqchaligi hisoblanadi.Bu savdo-sotiq
vaziyati ijobiy hisoblanadi. Agar eksportga qaraganda import ko’proqni tashkil etsa, savdo
yetishmovchiligi hosil bo’ladi va bu savdo vaziyati salbiy hisoblanadi. Davlatda bir mamlakat
bilan savdo ortiqchaligi bo’lsa, boshqasi bilan savdo yetishmovchiligi paydo bo’lishi
mumkin.Shuning uchun ham mamlakatlar o’z xalqaro savdo muvozanatini muvozanatda
ushlashga harakat qilishadi.
To’lovlar muvozanati. 
Mahsulot va xizmatlar eksport va importga asosan ayirboshlashning boshqa ko’rinishlari turli
millatlar o’rtasida amalga oshirilishi mumkin. Pul investitsiya va turism orqali bir mamlakatdan
boshqasiga o’tadi. Bir mamlakat fuqarosi korporatsiya orqali boshqa mamlakatga investitsiya
kiritishi mumkin.Biznes boshqa bir mamlakatdagi firmaga investitsiya kirita oladi.Bir hukumat
boshqasiga moliyaviy yoki harbiy ko’mak berishi mumkin. Banklar xorijiy banklarga deposit
mablag’larini qo’yish imkoniyatiga ega. Turistlar sayohat qilayotganlarida o’zining davlatidan
dam olayotgan davlatiga pul mablag’larini olib kirishadi.Ba’zi davlatlarda sayohat qilmoqchi
bo’lganlar davlatdan ma’lum bir miqdordan ko’p bo’lmagan holatda pul olib chiqib ketishlari
mumkin. Davlatga kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan pul miqdorlari orasidagi farq to’lovlar
muvozanati hisoblanadi. Qachonki davlat to’laganidan ko’proq pul qabul qilib olsa, bu ijobiy
to’lov muvozanatidir.Aks holda esa salbiy to’lov muvozanat holati yuzaga keladi.
Xalqaro valyuta. 
Xalqaro biznesda yuzaga keladigan yagona muammo dunyo bo’ylab foydalaniladigan turli valyuta
kurslaridir. Har millatning o’z bank tizimi va pul birligi mavjud. Misol uchun, Rossiya rubl,
Yevropa ittifoqi yevro, Braziliya real, Hindiston rupiya va Saudiya Arabistoni riyaldan
foydalanadi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling