Biznes boshqaruv asoslari


Download 0.76 Mb.
bet33/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Xalqaro biznes asoslari 

Ichki bisnes bu mamlakat ichida tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, sotib olish va
sotish. Xalqaro biznes dunyo miqyosida tovar va xizmatlarni yaratish, tashish va sotish maqsadida
olib boriladigan biznes faoliyatdir.

Mamlakat boshqalarga qaraganda pastroq narxlarda Tovar va mahsulotlarni ishlab
chiqarish imkoniga ega bo’lganda mutloq ustunlikka erishadi.
Agar mamlakat samamraliroq bo’lgan Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashsa, unda
solishtirma ustunlikkaerishgan hisoblanadi.

Import bu boshqa mamlakatdan sotib olingan mahsulotlar. Eksport bu boshqa
mamlakatlarga sotilgan Tovar va mahsulotlardir. Milllatlar iste’molchilari uchun Tovar va
xizmatlarning turini ko’paytirish maqsadida ularning ikkalasi bilan biznes olib boradi.

Savdo balansi bu mamlakat importi va eksporti o’rtasidagi farq. Davlatning boshqa
mamlakatlarga umumiy to’lovlari va ulardan keladigan umumiy daromadi o’rtasidagi farqqa
to’lovlar balansi deyiladi.

Valyuta kursi bu bir mamlakat pul birligining qiymati boshqa mamlakat pul birligi bilan
solishtirgandagi ko’rsatkichidir.

Global pulbirliklarining qiymatiga 3 ta asosiy ta’sir bor: to’lovlar balansi, iqtisodiy sharoit
va siyosiy barqarorlik.
3-2. Butunjahon bozori

Xalqaro biznes muhiti 4 ta asosiy tarkibiy qismdan iborat:geografiya, madaniy ta’sirlar,
iqtisodiy rivojlanish, siyosiy va qonuniy aloqalar

Xalqaro savdoning 3 ta qonuniy to’siqlari: kvotalar, tariflar va embargolar.
Kvota – bu berilgan vaqt mobaynida eksport yoki import mahsulotlari miqdoriga qo’yiladigan
chegara.
Tariff – muayyan import qilingan mahsulotga qo’yiladigan soliq.
Embargo - mahsulotning importi va eksportini butunlay to’xtatish.

Xalqaro savdoni rag’batlantirish maqsadida ochiq savdo zonalari, ochiq savdo
sharnomalari va umumiy bozorlar tuziladi.
3-3. Xalqaro biznes tashkilotlari

Ko’pmillatli companiyalar ko’plab mamlakatlarda biznes faoliyatni yuritadilar va ular
biznesni jahon miqyosida olib borish imkoniga egalar.

Butunjahon biznesi uchun ishlatiladigan asosiy metodlar: litsenziyalash, imtiyozlash va
qo’shma korxonalar.

Butunjahon Savdo Tashkiloti dunyo bo’ylab savdoni qo’llab quvvatlash uchun tashkil
etilgan.
Xalqaro valyuta fondi xalqaro savdo tizimi va ayirboshlash ko’rsatkichini bir maromda saqlagan
holda qo’llab quvvatlashga yordam beradi.
Jahon Banki rivojlanayotgan mamlakatlarni iqtisodiy yordam bilan ta’minlaydi.





Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling