Biznes boshqaruv asoslari


Download 0.76 Mb.
bet46/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Maqsadning tobeligi deganda maqsadni qo‘yish va uni amalga oshirishning mavjud shart-
sharoitlarga bog‘liqligi, yoxud strategik maqsadning qator taktik maqsadlarga, istiqboldagi
maqsadning esa o‘rta va qisqa muddatli maqsadlarga bog‘liqligi, bir maqsadning boshqa maqsadga
bo‘ysinishi tushuniladi.
Maqsadning yoyib bo‘lishligi sifati deganda uning
•o‘z mohiyati bo‘yicha;
•amalga oshirish davri (vaqti) bo‘yicha;
•pog‘onalar bo‘yicha;
•bo‘g‘inlar va hokazalar bo‘yicha bir qator lokal va xususiy maqsadlarga yoyilishi
tushuniladi.
Maqsadning o‘zaro munosabat (bog‘lanish)da bo‘lishlik sifati deganda uning
muhimligi jihatdan ranjirlanishi, tartiblanishi tushuniladi. Maqsadning bu jihati barcha lokal,

xususiy va yakka maqsadlarni ustuvorligi bo‘yicha tartiblash, shuningdek mazkur maqsadlarni


amalga oshirish bo‘yicha aniq amaliy tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Maqsadning
muayyan ierarxiyaga ega ekanligi, ya’ni bir maqsadning boshqa bir maqsadga bo‘ysinishi (tob’e
bo‘lishi), yuqori maqsadning quyi maqsadlarga ega bo‘lishi (yoyib bo‘lishligi), maqsadlarning bir-
biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi ularni qandaydir bir tartibga solish zaruriyatini tug‘diradi.
Bunday vazifani bajarish uchun menejment fanida “maqsadlar shajarasi” deb atalgan maxsus usul
qo‘llaniladi.

1. Boshqaruv funksiyalari 
Funksiya” - bu lotincha so‘z bo‘lib biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi,
vazifasi degan ma’nolarni bildiradi.
1

Vazifa” - bu amalga oshirilishi, xal qilinishi lozim bo‘lgan masala, erishilishi lozim


bo‘lgan, ko‘zda tutilgan maqsad. Yoki biror bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi,
mansab, amal.
2

“Funksiya” tushunchasi “vazifa” tushunchasiga nisbatan tor ma’noga ega. Zero, funksiya


faqat o‘z faoliyat doirasidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish
korxona muxandisining funksiyasiga kirmaydi, chunki u shu bevosita marketolog faoliyati
doirasidagi yumushdir. “Vazifa” esa o‘z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo‘lishi mumkin. Boshqarish
funksiyasi deganda u yoki bu obyektni boshqarishga oid aniq vazifalarni xal etishga qaratilgan bir turdagi
ishlar majmuasi tushuniladi.
Demak, boshqaruv muayyan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Funksiyalarni aniqlash,
ularning mohiyatini ochish va o‘rganish boshqaruv jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishning muxim
shartidir.
Menejment quyidagi funksiyalarni bajaradi:

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling