Biznes boshqaruv asoslari


Isteʻmolchilarni tushunish


Download 0.76 Mb.
bet87/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Isteʻmolchilarni tushunish 
Samarali marketing isteʻmochidan boshlanadi. Oxiri marta sotib olgan mahsulotingiz va uni nima
uchun sotib olganingizhaqida oʻylang. Ehtimol umuman sizning ehtiyojingizga javob beradigan
bir necha mahsulot boʻlgandir. Siz bu tanlov siz toʻlagan pulga eng mos keladigan narsa ekanishga
ishongandirsiz. Koʻp yangi bizneslar ularning egalari mahsulot haqida oʻylab, isteʻmolchi va
uoarning ehtiyoji haqida oʻylamagani uchun barbod boʻladi. agar mahsulot ehtiyojlariga javob
bermagan mahsulot olgan isteʻmolchilar guruhini jalb qila olsa, unda u aniq muvaffaqiyat
qozonish imkoniyatiga ga boʻladi. agar isteʻmolchilar mahsulotga ehtiyoj sezmasa yoki boshqa
yaxshiroq va arzonroq mahsulot borligiga ishonsa mahsulot muvaffaqiyat qozonmaydi.
Bizneschilar mahsulotni ikki toifa isteʻmolchilar uchun yaratadi. Yakuniy isteʻmolchi, bu
koʻpincha mahsulot yoki xizmatlarni oʻzi uchun sotib oladigan odamlardir. Biznes isteʻmolchilar
bu mahsulot yoki xizmatlarni biznes qilish yoki yoki boshqa mahsulotlarga qoʻshishi yoki qayta
sotish uchun sotib oladigan odamlar, kompaniyalar, va tashkilotlardir.

Isteʻmolchilarning qaror qabul qilishi 
Xarid qilishdagi isteʻmolchilar amal qiladigan bosqichlarning muayyan ketma-ketligi
isteʻmolchilarning qaror qabul qilish jarayoni deb nom olgan. Qarorlarning bosqichlari va ketma-
ketligi ikkalasi ham barcha isteʻmolchilar uchun bir xildir. Jarayonni yakunlash uchun ketadigan

vaqt va har bir bosqichni yakunlash uchun foydalanilgan axborot har bir isteʻmolchi uchun har xil


boʻladi. Isteʻmolchilarning qaror qabul qilishining 5 ta bosqichi 10-2rasmda koʻrsatilgan.
Qaror qabul qilish ehtiyojlardan boshlanadi. Siz och qolgan yoki chanqagan yoki oʻrtoqlaringiz
bilan kechqurungi koʻngilochar tadbir rejalashtirgan boʻlishingiz mumkin. Ehtimol sizga yozda
ishlashga ish kerakdir yoki siz biror kollejga bormoqchidirsiz. Agar ehtiyojingiz oʻta zarur boʻlsa,
siz uni tezda qondirishga harakat qilasiz. Agar u unchalik muhim boʻlmasa, siz uni orqaga
surishingiz yoki eʻtiborga olmasligingiz mumkin. Agar ehtiyojingiz sizga tanish boʻlsa va siz uni
oldinroq qondirgan boʻlsangiz, sizgakoʻpincha avvalgi tajribangizni qaror qabul qilishingizda
yordam beradi. Agar bu yangi ehtiyoj boʻlsa, qaror qabul qilishda qiyinchilikka uchrashingiz
mumkin, chunki avval bunga oʻxshash narsani sinab koʻrmagansiz. Insonlar axborotni qaror qabul
qilishda ishlatadilar. Siz doʻstingiz yoki ishonchli kattalar bilan maslahatlashishingiz mumkin.
Reklama, jurnal maqolasi, yoki internet sayti sizning eʻtiboringizni jalb etishi mumkin, chunki u
muhim ehtiyojingizga taalluqli axborotni yetkazib beradi. Siz oʻzingiz ishongan va siz
tushunadigan axboroti taqdim etadigan manbaalarni tanlaysiz. Bu axborotni qoʻllagan holda siz
ehtiyojlaringizga mos koʻringan juda kam mahsulotlarni tanlaysiz. Tanlovlar qisqargani sayin siz
ulardan qaysi biri yaxshiroq tanlov ekanligini yoki bahosi boshqalarinikidan yaxshiroq ekanligi,
aniqlash uchun ularni solishtirasiz. Qoʻlga
kiritgan
axborotlaringiz
va
ehtiyojning
shoshilinchligi va muhimligiga koʻra, siz qaror qabul qilasiz. Odatda siz uchun eng zoʻr
mahsulotni xarid qilish qarorini qabul qilasiz. Qoniqarli tanlovni topa olmaganingiz yoki oʻsha
vaqtda kerakli mablagʻingiz boʻlmagani sababli bu mahsulotni sotib olmaslik qarori boʻlishi ham
mumkin.2007 yilda to 2010 yilgacha 6 ta kompaniya kompaniyalar 10 ta eng zoʻr kompaniyalar
fortuna jurnallari roʻyxatiga kirish imkoniyatiga ega boʻldi. Ular Apple , ,thribh {fndtq, Google,
Johnson& Johnson, procter &Gamble va Toyota kompaniyalaridir.Keyin siz koʻproq maʻlumot
olish uchun avvalgi bosqichga qaytib, boshqa tanlovlarni qarab chiqishingiz yoki axborot
yigʻishingiz mumkin. Agar siz mahsulotni sotib olishga qaror qilsangiz, siz savdoni amalga
oshirasiz va tanlagan mahsulotingizni ishlatasiz. Shu tajribaga asosan siz yaxshi qaror qabul
qilganmisiz, yoʻqmi bilib olasiz. Agar mahsulot sizga yoqqan boʻlsa, keyingi safar ehtiyoj tugʻilsa,
ehtimol yana xuddi oʻshanday qaror qabul qilaverasiz. Bu safar qarorni tezroq va osonroq qabul
qilishingiz mumkin. Agar mahsulot kutganingizdek boʻlmagan boʻlsa, siz u mahsulotni yana sotib
olishingiz ehtimoldan yiroqdir.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling