Biznes boshqaruv asoslari


Maxsulotlar yaratish va ularni yaxshilash


Download 0.76 Mb.
bet90/163
Sana18.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1784024
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   163
Bog'liq
Biznes boshqaruv asoslari-fayllar.org (1)

Maxsulotlar yaratish va ularni yaxshilash.
Tadbirkorlar yangi maxsulotlarni qanday yaratadi? Koʻp xolatlarda kompaniyalar reklamalarda
yangi deb tanishtirilgan maxsulotlar aslida yangi emas. Maxsulotga baьzi oʻzgartirishlar kiritsa bu
katta yangilik boʻlishi mumkin. Maxsulotlardagi kichik oʻzgarishlar xam xaridorlarga foyda
keltiradi. Tadbirkorlar xaridorlar eьtiborini tortish va ularni shu tovarni sotib olishga jalb qilish
uchun ularni yangi maxsulot deb ataydilar. Xaridorlar oldin xech qachonkoʻrmagan butunlay
yangi tovarlar kamdan kamtaqdim qilinadi.Umringiz davomida qanday maxsulotni yangi deya
taqdim kilinganini eslay olasiz? Internet, avtomobillardagi favqulotda ximoya yostiqlari, chakana
savdo markazlaridagi chek apparati va va sunʻiy yurak kabilar tanishtirilishidan oldin ularga

oʻxshash uchramagan.Ular injenerlarning tadqiqotlari vaolimlarning muhim masalalariga javob


topishga boʻlgan urinishlari maxsulidir. Bugun siz foydalanayotgan koʻplab maxsulotlar mavjud
tovarlarga katta yoki kichik oʻzgarishlar kiritilgan xolatidir. angi musiqa saqlaydigan va
eshittiradigan, rasm va videolar oladigan, yoki kompьyuter ilovalariga ega boʻlgan mobil telefon
texnologiyalari oldingi rasmsiz telefonlar, mp3 pleyerlar va raqamli video kameralarning
rivojlangan shaklidir. Shu va shu kabikoʻplab tovarlardagi yangiliklar yangi texnologiyalarni
rivojlantirish yoki joriy maxsulotlarni qayta dizaynlashtirish tufayli sodir boʻladi. Olimlar va
boshqa tadqiqotchilar maxsulotlarga tez-tez oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadilar. Tovarlardagi
koʻplab oʻzgarishlarga xaridorlar taklifi yoki shu machsulotlardan foydalanishdagi tajribasi sabab
boʻladi. Xaridorlar talab va takliflarni obdon oʻrganib maxsulotlarga yechim topish marketing
tadqiqotlari deyiladi.

Marketing tadqiqotlarini rejalashtirish 
Tadqiqot jarayonlarining koʻp turlari marketing muammolarni yechish uchun qoʻllanilishi
mumkin. 12-3 rasmda har bir tadqiqot qaysi ilmiy muammoga tegishli ekani koʻrsatilgan.

Marketing tadqiqotlari bosqichlari


1.
Marketingdagi muammoni aniqlash
2.
Holatni oʻrganib chiqish
3.
Maʻlumot yigʻish etish jarayonini yaratish
4.
Axborotni yigʻish vatahlil qilish
5.
Echimni taklif

12-3 rasm. Nima uchun muammoni aniqlash marketing tadqiqotlarida birinchi bosqichdir?



Barcha marketing tadqiqotlar taʻlimoti axborot yigʻish va tahlil etishni oʻz ichiga oladi.
Xaridorlar va raqobatchilar haqidagi koʻp maʻlumotlar biznesda yangi tadqiqotlar oʻtkazmasdan
ham olinishi mumkin. Boshqa maqsadda yigʻilgan mavjud axborotni tahlil qilish va joriy
muammoni hal qilishda foydalanish ikkilamchi tadqiqot deyiladi. Joriy muammoni toʻgʻridan
toʻgʻri hal etish uchun maxsus yigʻilgan axborot birlamchi tadqiqot deb ataladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling