Biznes etikasi


Biznes va tadbirkorlik mehnat munosabati


Download 145.45 Kb.
bet5/5
Sana06.02.2023
Hajmi145.45 Kb.
#1171269
1   2   3   4   5
Bog'liq
BIZNES ETIKASI

Biznes va tadbirkorlik mehnat munosabati


Davlat kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari xamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi, erkin raqobat uchun shart-sharoit yaratadi, moddiy, moliyaviy, mexnatga oid va boshqa resurslardan foydalanishda teng imkoniyatlarni ta’minlaydi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining kichik va xususiy tadbirkorlik masalalariga oid, hamma uchun majburiy bo‘lgan normativ xujjatlari tegishlicha Adliya vazirligida, uning mahalliy organlarida xuquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, davlat ro‘yxatiga olinishi zarur, bu xujjatlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatining xizmat yoki tijorat siri bo‘lgan axborotlarning himoya qilinishi kafolatlanadi. Davlat organlari va boshqa organlarning, ulardagi mansabdor shaxslar va xodimlarning, me’yoriy xujjatlarida nazarda tutilgan xollarni istisno etganda, kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat organlari yoki boshqa organlarning hamda ulardagi mansabdor shaxslarning kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini buzuvchi hatti harakatlari(qarorlari) ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi ham mumkin.
SHuni ta’kidlash lozimki, davlat organlari yoki boshqa organlarning yoxud ulardagi mansabdor shaxslarning hatti-harakatlari (qarorlari) tufayli kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektiga etkazilgan zarar, boy berilgan foydani qo‘shgan xolda, shu organlar tomonidan qonuniy ravishda
qoplanadi. Zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolarni fakat sud organlari tomonidan belgilangan tartibda hal etiladi. Davlat tomonidan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining mol-mulki olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun xujjatlarida belgilangan hollar va tartibda olib qo‘yish bundan mustasnodir. Kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish, rivojlantirish jarayonlarini tartibga solish va rag‘batlantirish davlat tomonidan normativ-xuquqiy negizni takomillashtirish, infrastrukturani shakllantirish hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun shart-sharoit yaratish asosida iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Download 145.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling