Biznes hujjatlarini yuritish
Download 94.92 Kb.
|
BIZNES HUJJATLARINI YURITISH ТСОМ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotsimon axborot hujjatlari
- ARIZ A
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning xuquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning xuquqiy tomonlari kabi masalalarini aks ettiradi. Nizomlar, yo’riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar jumlasiga kiradi.
Ma’lumotsimon axborot hujjatlari ancha katta guruxni tashkil qiladi, bunday hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtiroki xam juda faol. Bu gurux dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot. ishonchnoma, tavsifnoma kabi hujjatlarni o’z ichiga oladi. A R I Z A Ariza ijtimoiy xayotimizda eng ko’p qo’llanadigan rasmiy hujjatlardan biridir. Odatda ariza bir nusxada tuziladi va qulda yoziladi. SHuning uchun arizaning shakli va yozilish tartibiga rioya qilinishi kerak. Arizada quyidagilar qayd etiladi: Ariza taqdim etiladigan tashkilotning nomi va raxbarning ismi, familiyasi. Ariza beruvchining ismi, familiyasi, lavozimi va to’liq adresi. Hujjatning nomi. Asosiy maksadi: iltimos, taklif yoki shikoyat. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi. Ariza yozilgan vaqt (sana, kun, oy, yil) qorozning chap tomonida yoziladi. Imzo esa o’ng tomonda - ismi, familiyasi oldidan quyiladi. Ariza yozish qogozning yuqori qismidan, chap tomondan bir oz joy qoldirib boshlanadi. Keyin bir-ikki satr tashlanib, ariza yozuvchining ismi, familiyasi ko’rsatiladi. SHundan keyin pastroqdan bir yo’l qoldirilib, o’rta joydan katta harf bilan ARIZA deb yoziladi va nuqta qo’yilmaydi. Farg’ona shahar Kirguli tumanidagi 67-bolalar bog’chasi mudirasi m-ma A. B. Qodirovaga Guli Ra’no quchasi, 17-uyda yashovchi B.Yusupov nomidan ARIZ A O’g’lim Yusupov Maxmudni shu bog’chaga qabul qilishingizni iltimos qilaman. Ilova: 1. Tuman xalq maorifi bo’limining 2009 yil 7-yo’llanmasi. Maoshi haqidagi ma’lumotnoma. Turar joyidan ma’lumotnoma. Tug’ilganlik guvoxnomasidan ko’chirma. Tibbiyot ma’lumotnomasi. 1.01. 2009 y. imzo (BYusupov) Download 94.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling