Biznes huquqi modulidan Oraliq nazorat uchun kazuslar 1-Kazus
Download 26.86 Kb.
|
biznes huquqi — копия
Application-tahlil. Yuqorida keltirilgan savollarga quyidagi ketma-ketlikda javob yozmoqchiman.
Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, Oilaviy tadbirkorlik nima? Bilamizki hozirgi davrda tadbirkorlik faoliyati muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.Mamlakatimizda ham kundan-kunga tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.Avvalo, tadbirkorlik faoliyati tushunchasiga ta’rif beradigan bo‘lsak, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga binoan tadbirkorlik faoliyati tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir”.1 Yuqoridagi moddadagi tadbirkorlik faoliyati subyektlari tushunchasiga ham to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam, tadbirkorlik faoliyati subyektlar-bu tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga vakolatli bo‘lgan shaxs hisoblanadi.Tadbirkorlik faoliyatida albatta subyekt muhim rol o‘ynaydi.U har doim tavakkal qilib javobgarlikni zimmasiga olgan holda o‘z faoliyatini boshlaydi.Hamma shaxslar ham tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lishi mumkinmi? degan savol ham tug’iladi.Yo‘q albatta. Hamma shaxslar ham tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lolmaydi. Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida»gi 1992 yil 6 martdagi 103-son qaroriga asosan quyidagi mansabdor shaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish mumkin emas: - davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlariga; - davlat banklari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga, xizmat yuzasidan pul belgilariga va pul (bank) hujjatlariga bevosita aloqasi bo‘lgan mansabdor shaxslarga; - davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari rahbarlariga va ularning bank hujjatlariga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan o‘rinbosarlariga; - davlat ta'minot va savdo-sotiq korxonalari va tashkilotlarining rahbar xodimlariga; - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish yoki bunday faoliyatni nazorat qilish vazifasiga kiruvchi davlat organlarining rahbar xodimlari va mutaxassislariga.2 Tadbirkorlik sohasining ham bir nechta turlari mavjud.Yakka tartibdagi tadbirkorlik, sherikchilik asosidagi tadbirkorlik va h.k. Bilamizki oilaviy tadbirkorlik oila a’zolaridan iborat bir nechta kishidan tashkil topadi. Oilaviy tadbirkorlik tushunchasiga to‘xtalib o‘tsak, oilaviy tadbirkorlik deganda oila a’zolari tomonidan tavakkalchilik asosida, qonunda belgilangan normalarga amal qilgan holatda, o‘z mulkiy javobgarligi ostida foyda olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyati hisoblanadi.Ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi. Download 26.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling