Biznes huquqi modulidan Oraliq nazorat uchun kazuslar 1-Kazus


Download 26.86 Kb.
bet3/5
Sana23.06.2023
Hajmi26.86 Kb.
#1651216
1   2   3   4   5
Bog'liq
biznes huquqi — копия

2.Shartnoma nima?
Shartnoma tushunchasiga ta’rif beradigan bo‘lsak, shartnoma deb ikki va undan ortiq shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan kelishuvga aytiladi.O‘z navbatida shartnoma turlari ham mavjud.Bular: bir tomonlama, ikki tomonlama, ko‘p tomonlama shartnomalarga bo‘linadi.
Bir tomonlama shartnomada taraflarning bittasida majburiyat mavjud bo‘lib, huquq mavjud bo‘lmaydi, ikkinchisida esa aksincha huquq bo‘lib, hech qanday majburiyat mavjud bo‘lmaydi.
Ikki tomonlama shartnomada esa har ikkala taraflar ham ma’lum bir huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Ko‘p tomonlama shartnomada taraflar uch yoki undan ortiq kishidan iborat bo‘ladi.
Yuqoridagi kazusdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, "Chicken star" MChJ bilan M.Boltayev o‘rtasida imzolangan shartnoma ikki tomonlama shartnomaga misol bo‘ladi.Chunki har ikki taraf ham huquq va majburiyatlarga egadir. M.Boltayev har oyda 2000 litr sut va 1000 kg mol goʻshtini yetkazib berishi kerak, Goʻsht va sut savdosi bilan shugʻullanadigan “Chicken star” MChJ esa bu tovarlar pulini har oyning boshida va oʻrtasida ikkiga boʻlib toʻlashi lozim.
3.Mahsulot yetkazib berish shartnomasiga ta’rif bering?
Mahsulot yetkazib berish shartnomasi deganda sotuvchi shartnomada belgilangan muddatda yoki muddatlarda o‘zi ishlab chiqargan yoki sotib olgan mahsulotni sotib oluvchiga topshirish, sotib oluvchi esa olgan tovarlarning haqini to‘lashi kerak bo‘lgan shartnoma tushuniladi.Yuqoridagi vaziyatda keltirilgan shartnoma ham xuddi shunday. M.Boltayev ya’ni sotuvchi o‘zi ishlab chiqarayotgan sut va go‘sh mahsulotini haqini to‘lashi evaziga “Chicken star” MChJga shartnoma asosida bermoqda.
4.Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari?
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining shartnomada va qonunda belgilab qo‘yilgan majburiyatlari mavjud. Ular shu majburiyatlarni bajarsagina ularning faoliyati qonunga muvofiq hisoblanadi. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari quyidagilar:
1.O‘zlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi;
2.Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi;
3.Mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslarning mehnat haqini qonunchilikda Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lmagan miqdorda belgilashi, ular bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishi, shuningdek ish beruvchi sifatida o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishi;
4.Mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;
5.Raqobat to‘g‘risidagi va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
6.Realizatsiya qilinadigan mahsulot va xizmatlar uchun sertifikatlarga ega bo‘lishi;
7.Joylashgan yeri (pochta manzili) va boshqa rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risida tegishli davlat organlarini o‘z vaqtida xabardor qilishi;
8.Buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritishi;
9.O‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi shart.
10.Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.3
Demak, bundan ko‘rinib turadiki tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishning o‘ziga yarasha mas’uliyatli tomonlari mavjuddir.

Download 26.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling