E) Aksariyat tashkilotlar xom ashyo (materiallar) olishadi va ularni tayyor mahsulotga aylantirishadi (boshqalar sotib olishi uchun). Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari ulardagi resurslarining bir qismi bo‘lib, bu resurslar pul shaklida amal qiladi. Resurslarning pul shaklida amal qilishi moliyaviy resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa ularni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa resurslari ko‘rinishlaridan Ishlab chiqarish vositalaridan farq qiladi. Kichik va oʻrta biznes – mustaqil mulk egaligiga, xoʻjalik faoliyatini mustaqil tashkil etishga asoslangan va oʻz tarmogʻida hukmron mavqe tutmaydigan biznes. Turli mamlakatlarda Subʼyektlari maqomini belgilab beruvchi mezonlar sifatida korxonada band boʻlgan ishlovchilar soni Muhim ahamyatga ega. Korxonaning tovar aylanmasi, aktivlar, kapitallar, foyda miqdori va boshqa koʻrsatkichlardan foydalanadi. Iqtisodiyot aniq raqamlar, hisob-kitoblar bilan birga, odamlar turmush tarzida yuz berayotgan real o’zgarishlar, natijadorlikni xush ko’radi. Davlat manfaatlarigagina xizmat qiladigan iqtisodiyot rivojlanishdan to’xtaydi. Oxirgi yillarda Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohot va yangilanishlar avvalida iqtisodiyotimizdagi miqdor va sifat o’zgarishlari qamrovini kengaytirish, Uning bevosita aholi turmushiga ta’sirini oshirishga e’tibor qaratilayotgani boisi ham shundan iborat. Kapital, sarmoya — keng ma’noda — o’z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo’lgan jami vositalar va mablag’lar Yangi qiymat keltiruvchi, o’zini o’zi ko’paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma’noda — ishlab chiqarish vositalari ko’rinishidagi ishga qo’yilgan, ishlab turgan daromad manbai. Kapitalning paydo bo’lishiga tovar ishlab chiqarish, tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi. Bozorda o’ziga xos, alohida tovar — ish kuchining paydo bo’lishi bilan oddiy tovar ishlab chiqarish kapitalistik ishlab chiqarishga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |