Biznes matematika fan sillabusi


Download 43.91 Kb.
bet1/5
Sana22.02.2023
Hajmi43.91 Kb.
#1221330
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Бизнес математика Силлабус BXS 121 221 321


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI



Tasdiqlandi”
TDIU Samarqand filiali direktori
__________prof. O.Murtazayev
2022 yil “ ____” ________

BIZNES MATEMATIKA
FAN SILLABUSI

Bilim sohasi:

400 000 – Biznes, boshqaruv va huquq




Ta’lim sohasi:

410 000 – Biznes va boshqaruv




Ta’lim yo ‘nalishi:

60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit
(tarmoqlar bo’yicha)







SAMARQAND – 2022


FAN TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

Fan kodi: BUSMAT6


Fan nomi: Biznes matematika
Semestr/yil: 3-semestr / 2022-2023 o’quv yili
Kafedra: “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari”
Ta’lim yo‘nalishlari: 60410100 –Buxgalteriya hisobi va audit
Soatlar/kreditlar miqdori: 6 ECTS



Ma’ruza

Amaliyot

Labaratoriya

Mustaqil ta’lim

Jami

10

12

0

158

180



Fan bo’yicha mashg’ulotning joylashuvi:
Auditoriya va vaqti: Dars jadvaliga asosan
Prerekvizitlar:
Fan uchun ma’sul kafedra: “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasi
O‘QITUVCHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
O‘qituvchilar: S.Israilov
Kafedra joylashgan joyi: TDIUSF, A binosi, 304-xona
Telefon: +998904600460
E-mail: Suhrobisrailov@yandex.ru
Talablarni qabul qilish vaqti: Talabalar darsdan tashqari vaqtda o‘qituvchi bilan uchrashish uchun o‘qituvchi elektron pochtasiga xat bilan murojaat qilib, uchrashuv vaqtini belgilab olishlari mumkin.
I. Fan tavsifi:
Bu fan “Matematik programmalshtirish va moliyaviy matematika” fanlarini o’z ichiga olgan bo’lib, ikkinchi kursning birinchi semestrida o’qitilishi rejalashtirilgan. «Biznes matematika» fanining muhim jihati uning amaliyot zarurati tufayli yuzaga kelganligidir. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni boshqarishda tejamkorlik asosiy masalalardan biridir. Buning negizida iqtisodiy jarayonlarni matematik modellar yordamida optimal boshqarish yotadi. «Biznes matematika» fanining ko’p bo’limlari aniq ma’lumotlar bilan mustahkamlangan bo’lib, talabalarning matematik – statistik modellarni qo’llash va iqtisodiy holatlarni chuqur tahlil qilish sohasidagi bilimlarini to’ldiradi.
Fanning asosiy jihatitalabalarga noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishni, masalalarning matematik modelini tuzish va yechish usullarini o’rgatadi. Biznes bilan yuqori saviyada shug’ullanish, har qanday jarayonni amalga oshirishda moliyaviy natijalarning mumkin bo’lgan barcha variantlarini baholayolishni talab qiladi. Shuning uchun bu soha bo’yicha elementar ma’lumotlarning o’zi yetarli bo’lmaydi. Hozirgi sharoitda biznes qoidalari va moliyaviy hisoblar usulini chuqur egallash talab qilinadi. Biznes jarayonlar, moliyaviy hisob-kitoblarning barchasiga matematik apparatni tadbiq etish, biznes jarayonlarga, moliyaviy hisoblarga xos bo’lgan muamollardan xolos etadi.


Download 43.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling