Biznes menejmentining funksiyalari va usullari


Download 3.39 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi3.39 Kb.
#1432585
Bog'liq
1-mavzu. Biznesni boshqarish fanining nazariy asoslari-fayllar.org


1-mavzu. Biznesni boshqarish fanining nazariy asoslari

Biznes menejmentining funksiyalari va usullari


  • Iqtisodiy adabiyotlarda “Biznes” tushunchasi ko’pchilik mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinib kelinmoqda va ko’pincha mazkur tushuncha “kichik korxona” tushunchasi bilan birday ko’rilmoqda.

  • Biznes korxonalari – bu yangi biznesning yo’lga qo’yilishi tavakkalchiliklari hamda takror ishlab chiqarishning iqtisodiy funksiyalaridagi innovatsiya jarayonining namoyon bo’lishi bilan mulk va xo’jalik yuritish shakllarining o’zgarishi sharoitida foyda olish maqsadida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarilishi orqali aholining ijtimoiy muammolari hamda to’lovga layoqatli talabini qondirish kabi tub masalalar uzluksizligini bog’lovchi va uyg’unligini ta’minlovchi foydali faoliyatning o’ziga xos turidir

Biznes mohiyatini tushunishda uning amal qilishi uchun zarur bo’lgan ikki muhim shartni alohida ta’kidlab o’tish lozim:



birinchidan, mo’l-ko’lchilikni ta’minlashga qaratilgan biznesning oliy tamoyili bo’lmish raqobat qonunining jamiyatda amal qilishi; ikkinchidan, biznes faoliyatini keng taraqqiyoti uchun bozor muhitining mavjudligi.

kichik korxonalar sohasi samarali amal qilishiga imkon yaratuvchi ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimidagi miqyos jihatidan yangi tuzilmalar shakllanishiga ta’sir etadigan ob’yektiv omillarini belgilab beruvchi jahon iqtisodiyotidagi bir qator jarayonlarni alohida ajratib ko’rsatish lozim:

a) ishlab chiqarilayotgan mahsulot, shuningdek qo’llanilayotgan asbob-uskunalar bo’yicha ishlab chiqarish ixtisoslashuvining o’sishi;


b) ko’plab tarmoqlarda yakka hukmronlik darajasining pasayib borishi bilan ishlab chiqarish diversifikatsiyasining kuchayishi;
v) fond bilan qurollanganlikning yuqori sur’at va darajasi, uncha katta bo’lmagan quvvat birliklari sharoitida yuqori mehnat unumdorligiga erishishning texnologik imkoniyatlari;
g) ishlab chiqarishda material sig’imi va energiya sig’imining, shu jumladan mahalliy hamda ikkilamchi resurslarni qayta ishlash hisobiga pasayishining o’sib boruvchi ahamiyati;

Biznes subyektlarini tashkil etish zarurligi quyidagi holatlar bilan ifodalanadi:

a) birinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatda xususiylashtiriladigan, sinayotgan korxona va tashkilotlarda ishsizlar paydo bo’la boshlaydi. Biznes subyektlarini ta’sis etish natijada kishilarga yangi mulk va ish o’rnini yaratishga imkon beradi;


b) ikkinchidan, Biznes subyektlarining paydo bo’lishi yirik biznes monopolizmini tugatishga imkon beradi, iste’mol bozorini shakllantiradi, erkin raqobat muhitini yaratadi, infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirishni tezlashtiradi;
v) uchinchidan, bu subyektlar iqtisodiyotning innovatsion majmuasi asosi bo’ladi. Juda tor yo’nalishdagi korxonalar yangiliklarni joriy qilish, sotish, iste’molchilarga yetkazish bilan shug’ullanishadi;
g) to’rtinchidan, qo’shma korxonalar orqali jalb qilinuvchi xorijiy investitsiyalar asosan Biznesga yo’naltiriladi.
http://fayllar.org
Download 3.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling