Biznes reja, rezyume, xulosa, marketing, rasmiy biznes reja, ishchi biznes reja, funksiya


Strategik va bir yillik (biznes) va operativ rejalarini tuzishning maqsadi va vazifalari


Download 94.22 Kb.
bet5/9
Sana19.06.2023
Hajmi94.22 Kb.
#1620717
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17.Mavzu. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rejalashtirish

3.7.3.Strategik va bir yillik (biznes) va operativ rejalarini tuzishning maqsadi va vazifalari.
Korxona faoliyatini to’g’ri boshqarish, ishlab chiqarish dasturlarining muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash uchun yillik rejalar bilan bir qatorda operativ yoki ish rejalarni tuziladi. Bu rejalar ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilishning asosiy hujjati hisoblanadi. O’simlikchilik va chorvachilik mavsumiy sohalarida ish rejalari ayrim ishlab chiqarish davrlari bo’yicha tuziladigan rejalardan iborat bo’ladi. Masalan, paxtachilikka ixtisoslikka xo’jaliklarda ekishgacha, ekish davri, g’o’zaga ishlov berish davri va hosilni yig’ib-terib olish davri kabi muddatlarga ish rejasi tuzildi. Ko’pincha soddalashtirib ish rejalarini ish grafigi deb ham aytiladi, ya’ni ekish grafigi, paxta terish grafigi va h.k.
Chorvachilikda – mollarni o’stirish va semirtirish rejasi, qo’ylarni kuzgi qochirish, bahorgi qo’zilatish, junini qirqib olish davri uchun ish rejalari tuziladi.
Korxonalardagi eng sodda va qisqa reja – bu, reja-naryad. Uning xususiyati shundan iboratki, u bir vaqtning o’zida ham topshiriq, ham bajarilgan ishni hisboga olish hujjati xizmatini o’tashi mumkin.
Reja-naryad ishning xususiyatiga ko’ra, individual xodimga, ishchilarning mayda guruhiga, traktor otryadiga yoki agregatiga qisqa muddatga (bir, besh kun va dekadaga) beriladi.
Agarda reja-naryad traktor agregatigayoki otryadiga beriladigan bo’lsa, u holda ularga reja marshruti ham beriladi. Unda ishni qaysi dalada boshlab, qaysi dalada tamom qilish ko’rsatiladi.
Reja-naryadda quyidagilar ko’rsatiladi:
ishning turi, hajmi va qayerda bajarilishi;
ishni bajarishning sifat ko’rsatkichlari;
ish bajarish me’yori yoki biriktirish me’yori ish haqi rassenkasi;
ish birligiga va naryaddagi jami ish hajmiga sarf qilinadigan xom-ashyo va materiallar (yonilg’i, o’g’it, zaharli modda, yem-xashak va h.k.).
Topshiriq bajarilgandan keyin natija reja-naryadda aks ettiriladi. Shunga ko’ra, reja-naryad hisobot hujjati ham hisoblanadi va buxgalteriya tomonidan hisob-kitob uchun qabul qilinadi. Buning uchun u belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi kerak.



Download 94.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling