Biznes reja, rezyume, xulosa, marketing, rasmiy biznes reja, ishchi biznes reja, funksiya


Qishloq xo‘jaligida biznes reja va uni tuzish tartibi


Download 94.22 Kb.
bet6/9
Sana19.06.2023
Hajmi94.22 Kb.
#1620717
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17.Mavzu. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rejalashtirish

3.7.4. Qishloq xo‘jaligida biznes reja va uni tuzish tartibi.
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan «Qishloq xo’jalik korxonalarining biznes-rejasi» quyidagi asosiy bo’limlardan tashkil topgan:
1. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish uchun mehnat va moddiy xarajatlar me’yorlari – dehqonchilikda ekin turlari bo’yicha rejalashtirilgan hosildorlik darajasidan kelib chiqib, bir gektar yerga sarflanishi lozim bo’lgan mehnat, urug’lik, yonilg’i – moylash materiallari va o’g’it sarflari me’yorlarini aks ettiradi.
Moddiy va mehnat sarflari me’yorlari barcha reja ko’rsatkichlarini ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
2. Yerdan foydalanish rejasi - yer turlari bo’yicha korxonaning yer maydonlari tuzilishi, tarkibi va miqdorini ifodalaydi.
Qishloq xo’jaligi korxonalari yerlar unumdorligini oshirish, ularni bir turdan boshqa turga o’tkazish ishlarini olib boradilar. Foydalanilmayotgan yerlar yoki kam unumli yerlarni o’zlashtirish, yerning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarini o’tkazish natijasida yuqori unumli yerlarga aylantirish tadbirlari yerdan foydalanish rejasida o’z aksini topadi.
3. Dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning tannarxi – biznes-rejaning eng yirik bo’limlaridan biri hisoblanadi. Bu bo’limda asosiy va takroriy ekinlar maydoni, mahsulotlarni yetishtirishga sarflanadigan moddiy, mehnat va pul mablag’lari hajmi va qiymati, ekinlar hosildorligi, yalpi hosil va o’simlikchilik mahsulotlarining rejali tannarxi o’z aksini topadi.
Mahsulot yetishtirishga sarflanadigan moddiy, mehnat va pul mablag’lari sarflari sarquyidagi moddalar bo’yicha aks ettiriladi:
- ish haqi sarfi va undan yagona ijtimoiy to’lovlar – kishi/soatlari va so’mda;
- urug’lik sarfi – tonna va so’mda;
- yonilg’i-moylash materiallari sarfi – tonna va so’mda;
- o’g’itlar va kimyoviy himoya vositalari sarfi – tonna va so’mda;
- asosiy vositalar amortizasiyasi va ularni saqlash xarajatlari – so’mda;
- bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar – so’mda;
- sug’urta to’lovlari – so’mda;
- umumishlab chiqarish va ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar – so’mda.
Shu bilan birga har bir ekin turi bo’yicha rejalashtirilgan umumiy xarajatlar qiymati va bir sentner mahsulotning tannarxi keltiriladi.
4. Mollar, parrandalar va boshqa hayvonlar bosh soni hamda asalari oilalari soni mavjudligi – bo’limida chorva mollarining yil boshi va oxiridagi bosh soni, tirik og’irligi va umumiy bahosi rejalashtiriladi.
5. Mollar va parrandalarning mahsuldorligi – bo’limida chorva mollarining turlari bo’yicha bosh soni, ulardan olinadigan mahsulot miqdori va mahsuldorligi rejalashtiriladi.
6. Mollarning va parrandalarning ozuqalarga bo’lgan ehtiyoji va uning ta’minoti - rejalashtirilayotgan yilga talab qilinadigan ozuqalar jami ozuqa birligida va konsentrat ozuqada, shu jumladan sotib olinadigan ozuqa birligi miqdori va summasi, bir sentner mahsulotga sarflanadigan ozuqa birligi aks ettiriladi.
Chorva mollarining ozuqaga bo’lgan ehtiyojini rejalashtirishda ularning sutkalik ozuqaga bo’lgan talabi, bosh soni va yildagi kunlar soni asos qilib olinadi.

Download 94.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling