Biznes reja turlari
Qanday maqsadlarda beriladi?
Download 351.86 Kb. Pdf ko'rish
|
6 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimlarga beriladi
- Qanday hujjatlar taqdim etiladi
Qanday maqsadlarda beriladi?
Nizomga muvofiq dastur doirasida imtiyozli kreditlar qarz oluvchilarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladi. Qanday maqsadlar uchun olib bo‘lmaydi? Kreditlar: ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish; alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish; savdo-vositachilikni amalga oshirish; umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablag‘larini shakllantirish; ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish; ma’muriy xarajatlarni to‘lash, jumladan xizmat avtomobillari ta’minoti; mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga to‘lov maqsadlari uchun ajratilmaydi. Kimlarga beriladi? tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan jismoniy shaxslar; kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar; dehqon va fermer xo‘jaliklari; oilaviy tadbirkorlar. KREDITNING TURLARI BO’YICHA HAM TURLICHA QARASHLAR MAVJUD bo’lib, rossiyalik ayrim iqtisodchi olimlar kreditning firmalar o’rtasida (xo’jalik) krediti bank krediti fuqarolik (shaxslar o’rtasidagi) kredit davlat krediti xalqaro kredit iste’mol kreditlari mavjudligini ta’kidlaydi Qanday hujjatlar taqdim etiladi? Kredit olish uchun qarz oluvchi — jismoniy shaxslar kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ariza; pasport nusxasi; jismoniy shaxslarga kredit qaytarilishining ta’minoti sifatida sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan imtiyozli kreditlash bo‘yicha tavsiyanoma. 2. Kredit olish uchun qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlari kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ariza; biznes-reja; tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), (yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno); ta’minot turlaridan biri (uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polisi, mol-mulk, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi). Tijorat banklari qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlariga yuqorida nazarda tutilgan ta’minot turlarini talab qilmasdan eng kam ish haqining 150 baravarigacha bo‘lgan miqdorda blankli (ishonchli) mikrokredit berish huquqiga ega. Download 351.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling