Mavzu «Iqtisodiyot asoslari» fanining predmeti va bilish uslublari


Download 57.23 Kb.
bet1/7
Sana28.12.2022
Hajmi57.23 Kb.
#1016733
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- Mavzu


  1. Mavzu «Iqtisodiyot asoslari» fanining predmeti va bilish uslublari




  1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, vazifa­lari va tamoyillari.

  2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.

  3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslub va usullari.




  1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, vazifalarivatamoyillari

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetiga o’tmishdan turlicha qarashlar mavjud bo’lib va hozirgi davrda ham turli fikrlar bildirib kelinmoqda.


Masalan, Aristotel bu fanga uy xo’jaligini boshqarish qonunlari to’g’risidagi fan deb qaragan bo’lsa, merkantilistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabining vakil­lari uni boylik to’g’risidagi fan deb hisoblaydi. Fanning predmeti boylikning manbalari, uni ko’paytirish yo’llari hamda jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol qilish jarayonini o’rganishdan iborat deb qaraydi. Keyingi paytda mazkur fanni xalq xo’jaligi, ijtimoiy xo’jalik to’g’risidagi fan deb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot nazariyasi fanini moddiy hayotiy vosi­talarni ishlab chiqarish va ayriboshlashni boshqarish qonun­lari to’g’risidagi fan deb ko’rsatadilar. A.Marshall esa iqti­sodiyot nazariyasi fanining predmeti insoniyat, jamiyat­ning me’yoridagi hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan iborat deb qayd qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrlarda uning predmeti moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganishdan iborat deb hisoblangan.
«Ekonomiks» nomli o’quv adabiyotlarida fanning predmeti kishilarning ehtiyojlarini to’laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishilarning iqtisodiy xulq-atvorini o’rga­nishdan iborat deb ta’kidlanadi.
Shunday qilib, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to’g’risida siyosiy iqtisodga doir adabiyotlarda ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganishga alohida ustuvorlik berilsa, «Ekonomiks» yo’na­lishidagi manbalarda asosan kishilarning resurslarga, moddiy ashyoviy buyumlarga bo’lgan munosabatini, iqtisodiy xatti-harakatini o’rganishga, cheklangan iqtisodiy resurs­lardan unumli foydalanish masalalariga alohida e’tibor berilgan.
Iqtisodiyot nazariyasi fani predmetiga har ikkala yo’na­lishdagi qarashlar birgalikda uning predmet doirasini qamrab oladi va yaxlitligini ta’minlaydi.

Download 57.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling