Mavzu «Iqtisodiyot asoslari» fanining predmeti va bilish uslublari


Download 57.23 Kb.
bet5/7
Sana28.12.2022
Hajmi57.23 Kb.
#1016733
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- Mavzu

Ilmiy abstraktsiya usuli – voqea va hodisalarningtahlil paytida xalal berishi mumkin bo’lgan ikkinchi darajali belgilari e’tibordan chetlashtirilib, o’rganilayotgan jarayon­ning asl mohiyatiga tegishli belgilarga e’tiborni qaratishdir.
Tahlil va sintez usuli. Tahlil — bu o’rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratib ularning xususiyatini ochib berishdir. U ikki darajada amalga oshiriladi.Mikroiq­tisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang’ich bo’g’ini bo’lmish korxona va boshqa iqtisodiy sub’ektlarning yuqori pirovard na­tijaga erishishga qaratilgan xatti-harakati, tadqiq qili­nadi.
Makroiqtisodiy tahlilda milliy iqtisodiyotning ho­lati, faoliyat qilishi va natijalari o’rganiladi. Iqtisodiy resurslarni to’liq band qilish, inflyatsiyani jilovlash va iqti­sodiy muvozanatlikni ta’minlash orqali iqtisodiy o’sishga erishish muammolari bu tahlil ob’ektidir. Qisqacha aytganda, makroiqtisodiy tahlilda milliy xo’jalik, uning alohida sektorlari (davlat, kooperativ, xususiy) va jahon xo’jaligi o’rganiladi.
Sintez – bu hodisa va jarayonlarning umumiy o’zaro ta’siri asosida xulosalar chiqarishdir.
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Tarixiylik dalili iqtisodiy fanlarda ham tarixiy rivoj­lanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib qo’yadi. Chunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy rivoj­lanish bosqichlarida ro’y beradi. Mantiqiylik usulida ja­rayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog’lanishlar bo’yicha ham tahlil qilinadi.
Foydalaniladigan usullarichida eksperiment alohidao’ringa ega. Iqtisodiy o’sishning keskin o’zgarishi, xususan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperi­ment­dan keng foydalaniladi.
Induktsiya va deduktsiya usuli. Induktsiya nazariyadan amaliyot tomon borishni, yaratilgan nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko’rishni anglatsa, deduktsiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro’y beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi.

Download 57.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling