Mavzu «Iqtisodiyot asoslari» fanining predmeti va bilish uslublari


Download 57.23 Kb.
bet7/7
Sana28.12.2022
Hajmi57.23 Kb.
#1016733
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- Mavzu

Tayanch tushunchalar


Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyoj­larini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni (va xizmat­larni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va ularni iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy muno­sabatlar tizimini, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o’rganishdan iboratdir.
Iqtisodiy qonunlar – iqtisodiy hayotning turli tomonlarini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi tak­ror­lanib turadigan, barqaror ichki sabab-oqibat aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi.
Iqtisodiy kategoriyalar– doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomon­larini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchalar.
Uslubiyat – iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning printsiplari, yo’llari, qonun-qoidalari,usullari va aniq tartiblari tizimidir.
Ilmiy abstraktsiya – iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bi­lishda qo’llaniladigan usullardan biri bo’lib, voqea-hodi­salarning tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi dara­jali belgilarini e’tibordan chetlashtirib, o’rganilayotgan hodi­saning asl mohiyatini ochib beruvchi belgilarga fikrni qara­tishdir.


Muhokama uchun savollar



  1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan ibo­rat? U boshqa iqtisodiy fanlar ichida qanday o’rin tutadi?

  2. Iqtisodiyot nazariyasini o’rganishda qanday usullardan foydalaniladi?

  3. Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o’rtasidagi farq nimadan iborat?

  4. Iqtisodiy model nima va uning qanday turlarini bilasiz?

  5. Induktsiya va dedutsiya usullari mazmunini tushuntiring.



44Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Т.: «Ўзбекистон», 2000. 463-бет.

55 Каримов И.А. «Ўзбекистон буюк келажак сари». Т.: «Ўзбекистон», 1999. 187-бет.

Download 57.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling