Mavzu «Iqtisodiyot asoslari» fanining predmeti va bilish uslublari


Iqtisodiyot nazariyasining tamoyillari


Download 57.23 Kb.
bet3/7
Sana28.12.2022
Hajmi57.23 Kb.
#1016733
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- Mavzu

Iqtisodiyot nazariyasining tamoyillari. Har qanday fanning tamoyillari uning shakllanishidagi boshlang’ich ho­latini anglatib, aniq olingan fanning butun binosi ushbu asos ustida barpo qilinadi.
Iqtisodiyot nazariyasining asos bo’luvchi tamoyillariga quyidagilarni kiritish mumkin.

  • Cheklangan resurslar sharoitida tanlashning zarurligi. Bu tamoyil kishilar har doim resurslar va vaqt cheklan­gan­ligini hisobga olib “nima”, “qanday”, “qancha” ishlab chiqarish bo’yicha tanlov oldida turishini anglatadi.

  • Muqobil qiymat tamoyili. Bu muqobil xarajatlar bilan bog’liq. Nimaningdir qiymati bu kutilgan natijani olish uchun, voz kechish to’g’ri kelgan boshqa birining qiymatidr.

  • Iqtisodiyot sub’ektlari o’zlarining faoliyatini keyingi xarajatlardagi o’zgarishlarni hisobga olib amalga oshiradi. Bunda olinishi kutilayotgan qo’shimcha naf qilinish zarur bo’lgan qo’shimcha xarajatlar bilan solishtirilishi zarur.

  • Iqtisodiyot sohasidagi har qanday qarorlar (iqtisodiy siyosat) uning sub’ektlari hatti harakatiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.

  • Qiymatning kamayib borish tamoyili. Bu tamoyil qo’­shim­cha teng miqdordagi mehnat, kapital va boshqa resurslar sarfi ma’lum davrdan boshlab, mahsulot hajmi o’sishining kamayishi bilan birga boradi.

  • Xo’jalik faoliyati qatnashchilari harakatini uyg’un­lashtirishda bozor va ma’muriy usullarning o’zaro bog’liqlik tamoyili




  1. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar

Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham o’rganadi.


Boshqacha qilib aytganda bu fanning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish mexanizmini ochib berish hisoblanadi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomon­lari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqa­larini, ularning ichki o’zaro bog’liqligini ifodalaydi.
Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqelikning umumlashgan nazariy ifodasi bo’lib, u ob’ektiv reallikni ilmiy bilish natijasidir, ya’ni uning inson ongidagi in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv xa­rakterga ega bo’lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, ri­vojlanishi va barham topishi kishilarning ongiga, ularning hohish irodasiga bog’liq emas. Ma’lum tarixiy davrlarda, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xarakteri va shart-sharoitiga mos kela­digan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila boshlaydi. Lekin iqtisodiy qonunlar kishilarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan holda mavjud bo’lmaydi, balki aynan ularning faoliyati, xatti-harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon bo’ladi. Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonun­larning mazmunini bilib, ularning talablarini hisobga olib, o’zlarining amaliy faoliyatlarida foydalanishlari lozim bo’ladi. Bu iqtisodiy qonunlar talablariga zid har qanday qaror va hatti-harakatlar kishilarning xohish irodasidan qat’iy nazar muqarrar ravishda xo’jalik faoliyatida qiyinchi­liklarga, resurslar isrofgarchiligiga olib keladi.
Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ij­timoiy hayot qonunlari bo’lib, tarixiydir va o’zgaruvchandir, Chunki u kishilarning faoliyati bilan bog’liq bo’lib kishilik jamiyati mavjud bo’lganda paydo bo’ladi va amal qiladi.
Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  1. Umumiqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojla­nishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o’sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, unumdorlikning o’sib borishi qonuni va boshqalar;

  2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar-insoniyat ja­miyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Ma­salan, talab qonuni va taklif qonuni, tovar-pul munosabatlari mavjud bo’lgan davrlarda amal qiladi.

  3. Maxsus o’ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, sof kapi­talizm sharoitidagi qo’shimcha qiymat qonuni.


Download 57.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling