Mavzu «Iqtisodiyot asoslari» fanining predmeti va bilish uslublari


Download 57.23 Kb.
bet4/7
Sana28.12.2022
Hajmi57.23 Kb.
#1016733
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- Mavzu

Iqtisodiy kategoriyalar. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy jarayon­larning alohida tomonlarini tavsiflaydigan kategoriya­larning mazmunini ham ochib beradi.
Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomon­larini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.
Iqtisodiy kategoriyalar real iqtisodiy hodisalarning mohiyatini ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo’lib, ilmiy tafakkur mahsulidir. Ular nihoyatda ko’p va xilma-xildir. Bozor, pul, tovar, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit, bank va boshqa shu kabi tushunchalar iqtisodiy kategoriyalarga misol bo’la oladi. Iqtisodiy qonunlardan farq qilib, ilmiy kategoriyalar, iqtisodiy hodisalarning mazmu­nini ifoda etadi.



  1. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslub va usullari

Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo’llari, qonun – qoidalari, usullari va aniq tartiblaridir. Bu ob’ektiv voqelikni bilish dialektikasi, mantiqi va naza­­riyasini o’z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumiy tavsifga ega, lekin har bir fan o’zining predmetidan kelib chiqib, ilmiy bilish usullariga ega bo’ladi.


“Usul” grekchadan so’zma – so’z tarjima qilinganda “tadqi­qot” tushunchasini anglatib, ilmiy bilishning aniq hodisa­larini bildiradi.
Dialektika ilmiy bilishning umumiy usuli bo’lib xizmat qiladi. Uning iqtisodiyot nazariyasi fanida qo’llaniladigan asosiy qoidalari quyidagilar:

  • iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog’liq­likda, bo’lgan o’zaro ta’sir qilib turadigan turli bo’g’inlardan, bo’laklardan iborat yaxlit bir tuzilma deb hisoblanadi;

  • iqtisodiy hodisa va jarayonlarning kelib chiqishi, amal qilishi va barham topishi, uning sabablari va oqibatlari ichki aloqadorlik va bog’liqlik tomonlarini zamon va makonda ro’y berishi tan olinadi;

  • iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga rivojlanishida deb qaraladi. Bu erda son jihatidan o’zgarishlar to’plana borib, sifat jihatidan o’zgarishga olib kelishi hisobga olinadi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining o’ziga xos tadqiqot usullari ham mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar:

Download 57.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling