Mavzu «Iqtisodiyot asoslari» fanining predmeti va bilish uslublari


Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti –


Download 57.23 Kb.
bet2/7
Sana28.12.2022
Hajmi57.23 Kb.
#1016733
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- Mavzu

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti –iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyoj­la­rini qondirish maqsadida iqtisodiy ne’matlarni takror ish­lab chiqarishjarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosa­batlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun-qoida­larini yoki kishilarning iqtisodiy xatti-harakatini o’rganish­dan iborat.
Iqtisodiy munosabatlar – bu iqtisodiy ne’matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida kishi­lar o’rtasida vujudga keladigan turli xil aloqa va munosabat­lardir.
Ularning aniq namoyon bo’lish shakl­lari iqtisodiy hodisa va iqtisodiy jarayonlardir.
Iqtisodiy hodisalar ishsizlik, in­qi­roz, inflyatsiya, bandlik va shu kabilar, iqtisodiy jarayonlar esa ishlab chiqa­rish, xizmat ko’rsatish, taqsimlash, ayriboshlash, iste’mol kabi­lar orqaliyuzaga chi­qadi.
Iqtisodiyot nazariyasi o’z predmetini mikro va makro darajada o’rganadi. Agar iqtisodiyotga mikrodarajada qaralsa fanning predmeti alohida iqtisodiy birliklar (alohida iste’molchi, alohida ishlab chiqaruvchi)ning hatti – harakatini o’rganish, alohida tovarlarga narx shakllanishi, korxonalar xarajatlari va daromadlar qaror topishi va shu kabilarni tah­lil qilishga qaratiladi. Iqtisodiyotga uning yirik tarkibiy qismlari (uy xo’jaliklari, xususiy va davlat sektori) o’zaro ta’siridagi yaxlit tizim sifatida qaralsa va davlat iqtisodiy siyosatining qonuniyatlari aniqlansa, bu makro­iqtisodiy tahlil hisoblanadi. Makroiqtisodiyot shuningdek daromadlar, bandlik, narxlar darajasi, mahsulotning yalpi hajmi, milliy daromad, jami sarflar kabi jamlanma ko’rsatkichlarni ham qarab chiqadi.
Iqtisodiyotning mazkur ikki darajasi farqi faqat iqti­sodiy tahlil nuqtai – nazaridan kelib chiqadiki, shu sabab­li iqtisodiyot nazariyasini bunday qismlarga ajratishni mutloq­lashtirish ko’pam to’g’ri emas. Chunki mikro va makroiq­tisodiyot o’zaro uzviy bog’liq bo’lib, bir-birini to’ldiradi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi cheklangan iq­ti­sodiy resurslardan foydalanishning turli muqobil va­riantlaridan eng samaralisini tanlash orqali jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to’laroq qondirib borishning nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilishdan iborat.
Fanning predmeti, uning vazifalarida yanada oydinroq ko’rinadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasini ikki tomondan, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomondan tushuntirish mumkin.
Fanning amaliy vazifasi cheklangan resurslardan samarali foydalanib, ularning har birligi evaziga ko’proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turlari bo’yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurs­lardan unumliroq foydalanish yo’llarini topishga qaratiladi. Bu vazifa yaratilgan nazariyalar va ilmiy qarashlarni real amaliy hayotga joriy qilib borishni ham o’z ichiga qamrab oladi.
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy jarayonlar va hodisa­larning mohiyatini, iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy tushun­chalarning mazmunini yoritib ilmiy bilish vazifasini ham bajaradi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining qayd qilingan amaliy va nazariy vazifalari bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo’lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Umuman olganda, bu fan iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo’llanmadir. Nazariy bilim esa oldindan ko’ra bilish va amaliy harakat yo’lini to’g’ri belgilash imkonini beradi.
Iqtisodiyot nazariyasi aniq vaziyatlarda aniq takliflarni berib, uslubiy vazifani ham bajaradi. Iqtisodiy bilim nazariyalarga ega bo’lish, o’zgarib turuvchi iqtisodiy vaziyatlarda ratsional qaror qabul qilishni mustaqil amalga oshirish imkonini beradi.
Iqtisodiyot nazariyasi bashorat qilish vazifasi orqali jamiyat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqbol­larini ilmiy asoslab beradi.
«Pirovard maqsadimiz bo’lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch quvvat manbai, ilmiy asos – bu milliy g’oya, milliy mafkuradir»4. Shu aqidadan kelib chiqib, iqtisodiyot nazariyasi fani «Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakl­lantirish, ularning dunyoqarashini o’zgartirish»5 vazifa­sini ham bajaradi.

Download 57.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling