Mavzu «Iqtisodiyot asoslari» fanining predmeti va bilish uslublari


Download 57.23 Kb.
bet6/7
Sana28.12.2022
Hajmi57.23 Kb.
#1016733
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- Mavzu

Pozitiv va normativ usullar. Pozitiv usul iqtisodiy hodisalarning real hayotdagi holatini qanday bo’lsa shu holicha aks ettiradi. Masalan, O’zbekistonda ishsizlik 2015 yilda 4,9 foizni tashkil qildi. Respublikada narxlarning o’sishi o’tgan 2016 yilda 7,0 foizdan oshmadi va h.k. Normativ usul hodisa va jarayonlarning qanday bo’lishi kerakligi to’g’risidagi fikr va mulohazalardir. Masalan, ishsizlikning tabiiy darajasi 5,0 foizdan oshmasligi kerak. Real ish haqining o’sishi narx­larning o’sish sur’atidan yuqori bo’lishi zarur va hokazo.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishda ma­tematik, statistik usullar va grafiklardan keng foydala­niladi. Matematik usul iqtisodiy hodisa va jarayonning miqdoriy o’lchamlarini aniqlash imkonini bersa, grafik usul o’zgaruvchi miqdorlar o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rgazmali qilib tasvirlaydi.
Iqtisodiy tahlilda «Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda» degan farazdan ham foydalaniladi. Chunki real iqtisodiy hayotda hodisa va jarayonlarga ko’plab omillar bir vaqtda, shu bilan birga turli xil yo’nalishlarda ta’sir ko’rsatadi.
Bu barcha omillarning birgalikda ta’sirida hodisa va jarayonlar mohiyatini ochib berish qiyin kechadi yoki mutlaqo mumkin bo’lmaydi. Shu sababli ularning alohida olingan omil ta’sirida mohiyati ochilib, boshqa omillar ta’siri e’tibordan chetda qoladi yoki ular o’zgarmas deb hisoblanadi. Tahlilning keyingi bosqichida o’rganilayotgan hodisa yoki jarayonga boshqa omillarning ta’siri ham alohida-alohida qarab chiqiladi.
Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy modellardan ham foydalaniladi. Iqtisodiy modellar – bu real voqelik, iqti­sodiyot va undagi ro’y beradigan hodisa hamda jarayonlarning soddalashtirilgan manzarasidir. Bunda iqtisodiy modellar­ning ikkita turi o’z o’rniga ega bo’ladi: muvozanatlashgan va optimallashgan modellar.
Muvozanatlashgan modellar iqtisodiy hodisa va jarayonlar yoki ularning natijalari miqdoriy o’lchamlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aks ettiradi. Masalan, yalpi talab va yalpi taklif modeli, tovarlar miqdori va pul massasi modeli, daromadlar va xarajatlar modeli va h.k.
Optimallashgan modellar – alohida olingan iqtisodiy hodisa yoki uning natijasidagi miqdoriy o’zgarishlarni va har bir davrdagi optimal me’yorlarni xarakterlaydi. Masalan, narx modeli, xarajatlar modeli, daromadlar modeli va h.k.
Model qisqa va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Qisqa muddatlisi nisbatan qisqa davrni, uzoq muddatlisi odatda uzoqroq vaqt davrini qamrab oladi. Iqtisodiyotning barcha masa­lalariga javob berishga layoqatli yagona model mavjud bo’lmaydi. Shu sababli iqtisodiy tahlilda ko’plab har xil modellardan foydalaniladi, ulardan har biri muayyan vazifalarni hal qi­ladi.
Ayni vaqtda, har qanday model real hayotiy voqealar (bankrotlik, tabiiy ofatlar, siyosiy larzalar va boshqa) ni aks ettirmaydi. U real hayotdan abstraktlashgan, iqtisodiy etuk­likning yuqori andazasidir. Bu qayd qilinganlar iqtisodiy modellar uning iqtisodiy tahlildagi ahamiyatini pasaytir­maydi. Jumladan yalpi talab va yalpi taklif modeli umumiy iqtisodiy muvozanatlikni ifodalab, real jarayonlar uning idealidan farqlanishini aniqlash va undagi aniq omillar ta’sirini miqdoriy baholash imkonini beradi.
Iqtisodiy printsiplarni yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradigan boshqa omillar ham mavjud. Umumiylashtirish iqtisodiy printsiplar iqtisodiyot fani yoki iqtisodiy muno­sabatlarga oid umumlashgan tushunchalardir. Iqtisodiy prin­tsiplarni muayyan iste’molchilar yoki ishlab chiqaruvchilar to’g’risidagi yondashuv deb qabul qilish mumkin.



Download 57.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling