Firma boshqaruvining vazifasi — o‘zgaradigan tashqi shartlarga o‘ta tez moslashuvini ta’minlovchi xo‘jalik mexa- nizmini yaratishdir. Firma boshqaruvining vazifasi — o‘zgaradigan tashqi shartlarga o‘ta tez moslashuvini ta’minlovchi xo‘jalik mexa- nizmini yaratishdir. Bu xo'jalik faoliyatida tavakkalchilik va ishonchsizlikni kamaytiradi, tanlangan yo‘nalish bo'yicha manbalarni mu- jassamlashishini ta’minlaydi. Boshqarishning oliy bo‘g‘inida firma rahbarlarining asosiy funksiyalari strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish hisoblanadi. Strategik reja firmaning asosiy maqsadi va unga erishish yoilarini belgilaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib strategik rejalashtirishning ma’nosini quyidagicha anglash mumkin: Yuqoridagilardan kelib chiqib strategik rejalashtirishning ma’nosini quyidagicha anglash mumkin:
1. Firma daromadlarini maksimallashtirishga sharoit yaratish.
2. Firma rahbarlarini tashqi muhitni oldindan ko'ra bilishga undash
3. Firma rahbarlariga doimo ko'zlangan maqsadga erishish yo‘lida mavjud manbalarni oqilona taqsimlashga imkoniyat berish.
Strategik rejalashtirishning ikkinchi omili firma maqsadi va vazifalarini belgilab olishdir.
Firma maqsadini belgilashda miqdor ko'rsatkichlardan foydalanilganlik maqsadga muvofiqdir. Masalan, firmaning bozordagi ulushi mahsulot ishlab chiqarish va sotish xara- jatlari, foyda miqdori va hokazo.
Sifat ko‘rsatkichlari orqali esa quyidagilarni xarakterlashimiz mumkin: Sifat ko‘rsatkichlari orqali esa quyidagilarni xarakterlashimiz mumkin:
bozorni jalb qilish (o‘zlashtirish)
firma faoliyat ко`rsatayotgan davlatda atrof-muhit muhofazasi
savdo- sotiq amalga oshirilayotgan davlatda bandlik
yangi mahsulot yaratish va sotishni tashkil etish
Tovarlarni sotish bozorlari. Firmaning yana bir muhim vazifalaridan biri har bir ishlab chiqarilayotgan tovarlar bo‘yicha aniq bir bozorlar sig‘imini aniqlashdir. Bu ko'rsatkichlar tovarlarni sotish hajmi imkoniyatlarini xarakterlaydi. Bular ma’lum bir davrda sotilgan tovarlar miqdori bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |