Marketing strategiyasini belgilashda marketing faoliyatining besh konsepsiyasiga asoslanish kerak: - Ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi (ishlab chiqarish).
- Tovarlarni takomillashtirish konsepsiyasi (tovar).
- Tijorat harakatlarini jadallashtirish konsepsiyasi (sotish).
- Marketing konsepsiyasi ( iste’molchi).
- Sotsial-etnik marketing, bu yerda tovarni ishlab chiqarish iste’molchi ehtiyojini qondiribgina qolmay, balki jamiyat ehtiyojlarini ham ta’minlashdir.
Aniq sharoitdan kelib chiqib, marketingni 8 turga bo`lishimiz mumkin: - Konversion marketing —bu ko‘pchilik imkoniyatli xaridorlarning tovar va xizmatlardan voz kechishi. Bu yerda bosh vazifa xaridorlar fikrini o‘zgartirish.
- Rag'batlantiruvchi marketing — tovarlarga talabning yo'qligi bilan bogliqligi. Bu yerda asosiy vazifa sababini o'rganish va uni hal etish tadbirlarini ishlab chiqish.
- Rivojlanayotgan marketing — yangi yaratilayotgan tovarlarga talabning shakllanishi.
- Remarketing — tovarlarning hayotiylik davrida ma’lum bir vaqt barcha tovarlarga talabning susayishi. Marketingning maqsadi — yangi imkoniyatlarga tayangan holda talabni joylashtirish.
- Sinxromarketing — sotishni turg'unlashtirish maq- sadida talabning o‘zgarib turishidan (qalqib turishidan) foydalanishi.
- Ko'maklashuvchi marketing — tovar darajasi va luzilishining to‘lig‘icha talab darajasi va tuzilishiga mos ke- lishi.
- Demarketing — tovarga talab taklifdan haddan lashqari ortib ketishida qoilaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |