Бизнес режа


Download 177 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi177 Kb.
#1538384
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Бизнес режа

9. MOLIYAVIY NATIJA.



9.1. Loyihaning samaradorligi shundaki, hozirgi kunda shahrimiz aholisi kundan kunga oshmoqda va shu sababli arzon va sifatli dori darmonga extiyoj sezadi.
9.2. Tadbirkor o‘z faoliyati davomida ko‘rsatiladigan xizmatlarni sotishdan tushgan summadan barcha sarf harajatlar va majburiy to‘lovlarni chegirganda qolgan qismi tadbirkorning daromadi hisoblanadi.
Tadbirkor tomononidan ko‘rsatiladigan xizmatlar tannarhiga sarflangan hom-ashyo, ishchi-xizmatchilar maoshi, amortizatsiya, elektr energiya, gaz sarfi va boshqa ko‘zda tutilmagan sarf harajatlardan shakllanadi.


10. KREDIT TA’MINOTINING ETARLILIGI.

Tadbirkor ajratiladigan kredit ta’minoti uchun «Fair Valuation» MCHJning 2021 yil 10 noyabrdagi baholash xisobotiga asosan 347 068 000 (uch yuz qirq yetti million oltmish sakkiz ming) so‘mga baholangan Abdullayev Abduraximga tegishli bo‘lgan Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, Soxibkor MFYda joylashgan umumiy yer maydoni 281,74 kv.m. dan, qurilish osti maydoni 237,23 kv.m.dan iborat bo‘lgan maishiy xizmat ko‘rsatish va savdo do‘koni binosini yerdan foydalanish xuquqi bilan taqdim qilishni rejalashtirilgan.


Xulosa

Tadbirkor bu borada ko‘pgina ishlarini amalga oshirishni rejalashtirmokda. Viloyatimiz aholisi ehtiyojini qondirish, ko‘rsatilayotgan xizmat va bajarilayotgan ishning sifati oshirish bilan bozor sharoitida o‘z o‘rnini topish imkoniyatlari izlab topishni har bir tadbirkor o‘z oldida maqsad qilib olishi kerak. Har bir tadbirkorning ko‘rsatayotgan xizmati va bajarayotgan ishi qanchalik arzon va sifatli bo‘lsa bu davlatimizning iqtisodiy ravnaqiga qushgan xissasi hisoblanadi. Tadbirkor ushbu ko‘zlangan maqsadni amalga oshirsa jami 1 yilda hamma xarajatlarni qoplaganidan keyin yana 57 965 ming so‘m sof foyda qiladi. Ushbu daromad qilingan mablag‘dan unumli foydalanib faoliyatni yanada kengaytirish va boshqa tarmoqlarni ham yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rinlari ochish ko‘zlangan.


Xulosa kilib aytganda, yukoridagi ma’lumotlarni xisobga olib loyiha tijoriy samarador, barqaror deb baholanadi, aholini sifatli va arzon dori darmon va tibbiyot vositalari bilan ta’minlanish darajasi oshadi. SHu bilan bir qatorda xususiy firma o‘z aylanma mablag‘larini to‘ldirib, faoliyatini kengaytiradi.
Bu turdagi faoliyatni joriy etish O‘zbekiston Respublikasining bugungi kundagi siyosatiga to‘la mos keladi va rivojlanish, taraqqiy etish uchun keng imkoniyatlar yaratib berib, hududning iqtisodiy – ijtimoiy o‘sishi va barqarorligiga o‘z hissasini qo‘shadi.


Download 177 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling