Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari


Tashqi iqtisodiy faoliyat rejasi


Download 228.74 Kb.
bet8/13
Sana19.06.2023
Hajmi228.74 Kb.
#1607573
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
korxona faoliyatida biznes rejaning ahamiyati

Tashqi iqtisodiy faoliyat rejasi. Kichik biznes korxonasi yoki tadbirkor tashqi bozorga chiqmoqchi bo‘lsa va u yerda o‘z mavqeini saqlab qolmoqchi bo‘lsa, u holda biznes-rejaning ushbu bo‘limi ishlab chiqiladi. Bu bo‘limdan tovarni qaysi davlatga chiqarilishi, sotish hajmi, bo‘lg‘usi valuta tushumi, mavjud aloqalar haqida axborot beriladi. Rejada tashqi iqtisodiy aloqa shakllar ya’ni tashqi savdo, xalqaro hamkorliq kapital qo‘yish, korxonani qayta jixozlash, takomillashtirish; ilmiy, sanoat yoki ekologik loyihalarni birgalikda ishlab chiqarish; olimlar, mutaxassislar, ishchi kuchi bilan o‘zaro almashish, respublika territoriyasida boshqa davlatlar bilan qo‘shma korxona tuzish)ni tanlashda alohida ahamiyat beriladi. Chet el investitsiyalarini jalb qilishni rejalashtirgan tadbirkorlik tuzilmalari tashqi iqtisodiy faoliyatning investitsion loyixasini alohida ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi. Yuqorida kеltirilgan biznеs rеjaning bo’limlaridan tashqari, yana qo’shimcha ravishda quyidagi axborotlarni kеltirish mumkin, ya'ni moliyaviy mablag’lar hamda majburiyatlar, foyda va zararlar hisoboti, moddalar bo’yicha xarajatlar, zarasizlik nuqtasining hisobi va hokazolar.
Yuqorida bеrilgan barcha ko’rsatmalar asosida ishlab chiqilgan biznеs rеja korxonaning muayyan bozordagi faoliyatini aniq yo’nalishini bеlgilab bеradi. Shu bilan birga kichik biznеs korxonalari uchun:

  • ma'lum tovarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko’rsatish)ning aniq loyihasiga - yangi turdagi mahsulotlar yaratish yoki xizmatlar ko’rsatishga;

  • firmaning zaif va kuchli tomonlarini aniqlab olish maqsadida har tomonlama o’tkaziladigan ishlab chiqarish, xo’jalik va tijorat tahliliga;

  • aniq masalalarni amalga oshirish uchun qo’llaniladigan moliyaviy, tеxnik-iqtisodiy va tashkiliy mеxanizmlarni ishlab chiqarishga yordam bеradi.

Shunday qilib, muvaffaqiyatli tuzilgan biznеs-rеja korxonaning holatini chuqur taxlil qiladi, uning kеlajakdagi rivojlanishiga holisona baho bеradi.

Biznesni rejalashtirish bo’yicha xorijiy adabiyotlar oqimining o’sishi ushbu sohaga ma’lum bir aniqlik kiritib, uning ilmiy-uslubiy asoslarini boyitdi. Ayrim mualliflar fikr va mulohazalarini keltirib o’tishga harakat qilamiz.


Masalan, yuqorida aytib o’tilgan «Bir lahzada tayyorlanuvchi biznes-reja» asarida bu savol asosan yakka tartibda o’z biznesini ochish niyatida bo’lgan shaxslarga yo’naltirilgandir. Unda, xususan, «biznes-reja korxonangiz gullab-yashnashi uchun kerakli yo’lni tanlab olishingizga xizmat qiluvchi hujjatdir. Biznesingiz bilan bog’liq bo’lgan eng ahamiyatli holat bu menejmentdir. Qisqasi bu - siz» degan mulohaza oldinga suriladi.
Edvard Blekvellning «Qanday qilib biznes-reja tuzish» asarida ko’rsatilishicha: «Biznes-reja bank yoki boshqa moliyaviy muassasalardan pul olish kerak bo’lganda, shuningdek, aksiyalar emissiyasida foydalaniluvchi rejadir».
1998-yilda Gruzinov V.P. muharrirligi ostida nashr qilingan «Korxona iqtisodiyoti» darsligida qayd etilishicha: «biznes-reja biron-bir tijorat loyihasini amalga oshirish yoki yangi korxona yaratish uchun mo’ljallangan asoslangan xatti-harakatlar yig’indisini ifodalovchi hujjatdir». 1996-yilda Gorfinkel V. L. va Kupryakova E.M. muharrirligi ostida chiqarilgan xuddi shunday kitobda aytiladiki: «tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Ko’zda tutilgan bitimni rejalashtirishda avvalo qanday summa olishga umid qilish va loyiha umuman kutilayotgan miqdorda foyda keltirishga qodirligiga ishonch hosil qilish lozim».
Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funksiyalarni bajarishga bog’liq degan fikr ham mavjud:
biznes yuritish kontseptsiyasini ishlab chiqish;
korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash;
pul mablag’larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.
Yuqorida keltirilgan sharhdan ko’rinib turibdiki, biznes-rejani tuzish zarurati ayrim hollarda o’z biznesini yaratish bilan, ikkinchi holda bank yoki boshqa moliyaviy muassasadan pul olish niyati bilan, uchinchidan esa tijorat loyihasini amalga oshirish, yangi korxona yaratish zarurati bilan asoslanadi.
G’arblik iqtisodchi olimlarning o’z mamlakatlari hukumatlari bilan birgalikda jamiyatda tadbirkorlik ruhini yaratishga harakat qilayotganliklarini tushunish mumkin (Amerikaliklar shiorini eslaylik «biznesmen – millatning oltin fondi»). Shu sababli ular o’z tavsiyalarining aksari qismini yangi ish ochish, o’z biznesi bilan shug’ullanish niyatida bo’lgan shaxslarga yo’naltiradilar.
Biroq oddiy, aytaylik, non va non mahsulotlari, lak-bo’yoq materiallari yoki oyoq kiyimi ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi hamda yangi qurilish yoki yangi loyihani amalga oshirishni xayoliga ham keltirmaydigan korxonalar bilan nima bo’ladi? Bu holda biznes-reja kerak bo’ladimi yoki korxona ishlab chiqarish-xo’jalik va iqtisodiy faoliyat uchun oddiy reja tuzish bilan cheklanib qolaveradimi?
Biznes-rejalarning ahamiyati va zarurligini shubha ostiga qo’ymagan holda aytish joizki, bu hujjatni ishlab chiqish xorijda keng qo’llanishi sababligina urf-odatga aylanib qolmasligi lozim. Shuningdek, u boshqa korxonalar ham shunday qilayotganligi uchungina ishlab chiqilmasligi kerak. Biznes-rejani tayyorlash, uning maqsad va vazifalarida aniqlik bo’lishi zarur. Busiz yuqorida eslab o’tilgan V.P. Gruzinovning «Korxona iqtisodiyoti» darsligida ko’rsatilgan holat kelib chiqishi mumkin: «Korxona biznes-rejasi – yangi korxona yaratishni ko’zda tutuvchi hujjatdir».
O’zbekiston sharoitlarida korxonalarning katta qismi (80% atrofida) xodimlar soni 10 kishidan 100 kishigacha bo’lgan kichik korxona va mikrofirmalardan iboratligi bilan bog’liq xususiyatni hisobga olish zarur. Aynan ular biznes va tadbirkorlikning tashkiliy shakllari hisoblanadi. Shu munosabat bilan tabiiy savol tug’iladi: bunday korxonalarga zamonaviy darsliklar va g’arb adabiyotlarida taklif qilinayotgan hamdagi va tuzilmaviy mazmunli biznes-rejalar kerakmi? Kichik korxonalar yirik korxonalarning biznes-rejalaridan nusxa ko’chirib olmaydilarmi?
Bizningcha, biznes-reja ham yirik korxonalarda, ham kichik korxonalarda ishlab chiqilishi lozim. Bunda uni ishlab chiqish korxonani rivojlantirish strategiyasidan tashqari, ularni amalga oshirish uchun ayni paytda korxonadan qo’shimcha moliyaviy resurslar talab qiluvchi yangi loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ta’mirlash va texnik jihozlash, mahsulot diversifikatsiyasi, ichki va tashqi bozorlarga kirib borish bilan bog’liq bo’lishi lozim. Chunki biznes-reja korxonaning kundalik faoliyatidan tashqari, bank muassasalari tomonidan yuqorida ko’rsatilgan va shunga o’xshash tadbirlarni moliyalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqa hollarda esa korxona o’z biznes-rejasini nima deb atashining unchalik ahamiyati bo’lmaydi, bu korxonaning o’z ixtiyorida bo’ladi.
Gap shundaki, biznes-reja har qanday muammolardan himoya qiluvchi vosita bo’la olmaydi, u korxonaning o’zi bajarishi lozim bo’lgan vazifalarni o’zidan-o’zi hal qilmaydi. Amaliyotning guvohlik berishicha, reja juda yaxshi ishlab chiqilgan bo’lsa-da, undan noto’g’ri foydalanishda korxona zarar ko’rishi mumkin. Biroq, bu biznes-reja umuman kerak emas degan fikrga olib kelmasligi kerak. Masalan, banklar, investitsiya firmalari va boshqa muassasalar aniq va to’g’ri tuzilgan biznes-rejani olmaguncha korxonalardan moliyaviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha qaror qabul qilmaslikka harakat qiladilar.
Biznes-reja birinchidan, korxonaning barcha bo’lim va xizmatlari majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi, ikkinchidan, ularni korxona istiqboli bilan shug’ullanish hamda korxona maqsadlarini va ularga erishish yo’llarini aniqlashga majbur qiladi, uchinchidan, korxona faoliyatining muhim yo’nalishlari bo’yicha ko’rsatkichlarni belgilab beradi, to’rtinchidan esa, korxonaning bozordagi kutilmagan o’zgarishlarga yanada moslashuvchan va tayyor qilib qo’yadi.
Biroq shunday bo’lsada, biznes-rejani bank yoki boshqa muassasalar tomonidan korxonaning iqtisodiy holatini yaxshilash va uning ishlab chiqarish salohiyatidan unumliroq foydalanish tashlangan qutqarish vositasi deb tushunmaslik kerak. Gap shundaki, turli maslahatchilar, bankirlar, huquqshunoslar, moliya xizmatchilari, buxgalterlar va boshqalar rejada biznesni ko’rsatish uchun turli nuqtai nazarga ega bo’ladilar. Aynan shu jihat biznes-rejani korxonaning oddiy rejalaridan farqli qilib qo’yadi. Shu sababli biznes-rejani ishlab chiqish birinchidan, qog’ozda qolib ketmasdan amaliyotda qo’llanishi, ikkinchidan, ekspertiza tomonidan rad qilinmasligi va uchinchidan, foydaning o’sishi va korxonaning umumiy moliyaviy holati yaxshilanishiga xizmat qilishi maqsadida o’ziga alohida e’tibor va chuqur o’ylab chiqilgan yondashuv talab qiladi. vositasidir.

Mos keluvchi missiyani tanlab olish uchun kamida ikkita savolga javob topish kerak: ''korxona mijozlari, iste’molchilari kim?'', Korxona qanday talablarni qondirishi mumkin?''. Masalan, foydaning ahamiyatini yaxshi bilgan Genri Ford o’z kompaniyasi missiyasini quyidagicha ta’riflagan: ''Biz odamlarga arzon mashinalarni havola etamiz Shu bilan birga u doimo ushbu ishni kim amalga oshirsa, uni foyda chetlab o’tmaydi deb ta’kidlab kelgan''.
Missiya korxonaning o’zi uchun belgilab olinadi, lekin doimo xaridorga, jamiyatga yo’naltirilgan bo’ladi. Mashhur ''Sony'' firmasining missiyasi quyidagicha ta’riflanadi: ''Taraqqiyotni amalga oshirish orqali jamiyatga xizmat qilish''.
Shu kabi quyidagi misollarni keltirish mumkin:

  • Xalqaro savdo orqali tinchlik sari.

  • Mamlakat uchun nima yaxshi bo’lsa, firma uchun ham yaxshidir.

  • Bizning mahsulotlar dunyoni hayot uchun yanada qulay qiladi.

  • Iste’molchilar tashkilotimiz xayotiy kuchining manbai.

Korxona missiyasining fundamental asoslari bo’lib, uning tamoyillari va etikasi hisoblanadi. Ular firma xodimlari xatti-harakatlariga qo’yiladigan universal ijtimoiy talablar majmuini ifodalovchi faoliyatning asosiy qoidalari sifatida yuzaga chiqadi.
Korxona tamoyillari o’z ichiga oladigan talablar quyidagilar:

  • mahsulot (ish, xizmatlar) va bozorga talablar;

  • boshqaruvga talablar - motivatsiya tizimi, qarorlar qabul qilish, nazorat, yutuqlarni baholash va h.k.;

  • xodimlarga talablar - ijodiy fikrlash, mas’uliyatni o’z zimmasiga olish, motivlar, unumdorlikni baholash va h.k.;

  • tashqi muhitga talablar - xaridorlar, ta’minotchilar, investorlar, raqobatchilar, jamiyat, davlat.

Tamoyillarni shunday ta’riflash kerakki, bir tomondan, raqobatchilar korxonaning xo’jalik yuritishdagi niyatlaridan foydalana olmasliklari uchun imkon qadar umumlashgan holda, ikkinchi tomondan, xaridorlar va hamkorlar hamda boshqa ishtirokchilar ularni yaxshi tushunishi uchun yetarlicha aniq bo’lishi lozim.
Korxona etikasi (yoki o’zaro aloqalarning ma’naviy jihatlari) biznesmenning vijdoni yordamida tadbirkorlik faoliyati jarayonida firma xodimlari xatti-harakatlariga (xulqiga) bo’lgan eng yuqori talablarga amal qilishga imkon yaratadi. Korxonaning bozordagi hamkorlariga nisbatan amal qilishi lozim bo’lgan ma’naviy qadriyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: aldashdan voz kechish, halollik, hamkorlikdagi ishda ishonch, innovatsion g’oyalar sohibining tadbirkorlik manfatiga hurmat.
Missiyani belglashda korxona tanlab olgan qadriyatlar yo’nalishi ham ahamiyatga ega bo’lib, ular rahbarlar va barcha xodimlarning strategik xatti-harakatlariga jiddiy ta’sir o’tkazadi. Nazariya va amaliyotda qadriyatlar yo’nalishining oltita turini ajratib ko’rsatish mumkin (1-jadval).



Download 228.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling