Biznes rejaning moxiyati,mazmuni va tuzish zaruriyati. Korxonaning biznes – rejasi


Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funktsiyalarni bajarishga bog’liq degan fikr ham mavjud


Download 17.56 Kb.
bet3/7
Sana13.04.2023
Hajmi17.56 Kb.
#1352912
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Biznes rejaning moxiyati,mazmuni va tuzish zaruriyati. Korxonani-fayllar.org

Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funktsiyalarni bajarishga bog’liq degan fikr ham mavjud:


  • biznes yuritish kontseptsiyasini ishlab chiqish;

  • korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash;

  • pul mablag’larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.

Yuqorida keltirilgan sharhdan ko’rinib turibdiki, biznes-rejani tuzish zarurati ayrim hollarda o’z biznesini yaratish bilan, ikkinchi holda bank yoki boshqa moliyaviy muassasadan pul olish niyati bilan, uchinchidan esa tijorat loyihasini amalga oshirish, yangi korxona yaratish zarurati bilan asoslanadi. Biznes-reja birinchidan, korxonaning barcha bo’lim va xizmatlari majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi, ikkinchidan, ularni korxona istiqboli bilan shug’ullanish hamda korxona maqsadlarini va ularga erishish yo’llarini aniqlashga majbur qiladi, uchinchidan, korxona faoliyatining muhim yo’nalishlari bo’yicha ko’rsatkichlarni belgilab beradi, to’rtinchidan esa, korxonaning bozordagi kutilmagan o’zgarishlarga yanada moslashuvchan va tayyor qilib qo’yadi.


  • Yuqorida keltirilgan sharhdan ko’rinib turibdiki, biznes-rejani tuzish zarurati ayrim hollarda o’z biznesini yaratish bilan, ikkinchi holda bank yoki boshqa moliyaviy muassasadan pul olish niyati bilan, uchinchidan esa tijorat loyihasini amalga oshirish, yangi korxona yaratish zarurati bilan asoslanadi. Biznes-reja birinchidan, korxonaning barcha bo’lim va xizmatlari majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi, ikkinchidan, ularni korxona istiqboli bilan shug’ullanish hamda korxona maqsadlarini va ularga erishish yo’llarini aniqlashga majbur qiladi, uchinchidan, korxona faoliyatining muhim yo’nalishlari bo’yicha ko’rsatkichlarni belgilab beradi, to’rtinchidan esa, korxonaning bozordagi kutilmagan o’zgarishlarga yanada moslashuvchan va tayyor qilib qo’yadi.

2. Biznes-rejani tayyorlash bosqichlari


  • Mavjud ilmiy va uslubiy adabiyotlar biznes-rejani ishlab chiqish uchun yagona to’g’ri yo’l yo’qligiga alohida e’tibor qaratadi. Biznes-rejaning tarkibi, tuzilmasi, ko’rsatkichlari va boshqa jihatlari odatda korxonaning hajmi (quvvati), yo’nalishi, iqtisodiy va moliyaviy holati, shuningdek, gap o’z ishini endi boshlayotgan tadbirkor yoki faoliyat yuritayotgan korxona haqida borayotganligiga bog’liq bo’ladi. Agar gap barcha tashvishlar o’z ishini boshlash va buning uchun zarur bo’lgan boshlang’ich kapitalni, jumladan, bank kerditlari hisobiga shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik haqida borsa, biznes-rejaning mazmuni va uni tayyorlash bosqichlari ma’lum bir (umumiy) ko’rinishga ega bo’lishi, yangiliklar kiritish yoki bankrotlik yoqasida turgan korxona haqida boradigan bo’lsa boshqa ko’rinishga ega bo’ladi. Shunday bo’lsada, har qanday biznes-rejada tanlangan biznes kontseptsiyasi ochib beriluvchi, taklif qilinayotgan mahsulot, ish yoki xizmatlarnig o’ziga xosligini tavsiflovchi, shuningdek, istiqbolda olinishi lozim bo’lgan foyda (daromad) va biznesni kengaytirish aks ettiriluvchi bo’limlar mavjud bo’ladi.

Download 17.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling