Biznes subyektlarida mahsulot tannarxini kamaytirish yo‘llari
Download 71.99 Kb.
|
Biznes subyektlarida mahsulot tannarxini kamaytirish yo
Biznes subyektlarida mahsulot tannarxini kamaytirish yo‘llari1. Past narxlar bo’yicha liderlik strategiyasining mazmuni. Raqobatli afzallikka erishishning yo‘llaridan biri tovarni muvaffaqiyatli differenstiasiyalash bo‘lsa, ikkinchi yo‘l - unumdorlikni yaxshilash va xarajatlarni to‘g‘ri boshqarish vositasida xarajatlar bo‘yicha afzallikka erishishdir. Xarajatlarni kamaytirishning bir necha yo‘llari bor bo‘lib, ulardan biri shuki, qo‘l mehnatidan ko‘p foydalaniladigan sohalarda, ya’ni qo‘shilgan qiymat jami xarajatlarning katta qismini tashkil qilgan tarmoqlarda tovarni ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba oshgan sari, xarajatlarni kamaytirish imkoniyati vujudga keladi. Bunda xarajatlarning kamayishiga ishchilarning o‘z ish usullarini tinimsiz takomillashtirib borishi, firmaning yangi ishlab chiqarish jarayonlarini o’zlashtirishi, tovar konsepsiyasini takomillashtirishi sabab bo‘ladi. Bunday o‘rganish jarayonining mavjudligini birinchi bor Rayt va Boston konsalting guruhi (BKG, Boston consulting group) tomonidan aniqlangan edi. 60yillarning oxirida BKG turli xil tovarlarning juda katta guruhiga nisbatan tajriba samarali ekanini tasdiqladi va tajriba qonuni deb atalgan qonunni kiritdi. Bir qator firmalar tomonidan tanlab olingan strategiyalarga katta ta’sir ko‘rsatgan ushbu qonun iqtisodchilar umumlashgan holda o‘rganadigan masalalarni - mehnat unumdorligini oshirish muammosini tasvirlaydi va shakllantiradi. Tajriba qonunining ta’rifi. Tajriba qonunining strategik ahamiyati shundaki, u firmaning o‘z tovarlarigagina emas, balki raqobatchilarning tovarlariga sarflanadigan xarajatlarning evolyutsiyasini ham oldindan bilishga imkon beradi.Tajriba qonuniga ko‘ra, “standart tovardan qo‘shilgan qiymat olishda doimiy pul birliklarida o‘lchangan birlik mahsulotga sarflanadigan xarajatlar mahsulot miqdori ikki baravarga oshganda ma’lum bir foiz miqdorida kamayadi”. Ushbu ta’rifga bir necha izohlar kiritamiz: «tajriba» tushunchasining bu erdagi ma’nosi tovarning necha yildan buyon ishlab chiqarilayotganligini emas, balki ishlab chiqarilgan barcha tovar birliklarining sonini anglatadi; shu sababli ishlab chiqarish miqdorining ma’lum davr ichidagi o‘sishini tajribaning ortishi bilan adashtirib yubormaslik kerak; tajriba qonuni tabiat qonunlari tarkibiga kirmaydi va u qaytmas jarayon emas, ya’ni u bir necha vaziyatlardagina (hamma uchun bir xil emas) statistik jihatdan tasdiqlangan oddiy kuzatuvdir. Past narxlar bo’yicha yetakchilikning raqobat strategiyasining mazmuni bilan 1.rasm orqali tanishish mumkin. Download 71.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling