Biznes va tadbirkorlik


Download 53.26 Kb.
bet1/4
Sana11.05.2023
Hajmi53.26 Kb.
#1455124
  1   2   3   4
Bog'liq
BIZNES VA TADBIRKORLIKDA BANKROTLIK


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI UZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI



" BIZNES VA TADBIRKORLIK" FANIDAN



MUSTAQIL ISH

MAVZU : BIZNES VA TADBIRKORLIKDA BANKROTLIK.


Topshirdi : Urazaliyeva Sh
Tekshirdi : Abdullayeva R
Toshkent 2023
BIZNES VA TADBIRKORLIKDA BANKROTLIK
Reja

  1. Bankrotlik – raqobat kurashiningob’ektiv xodisasidir.

  2. Kichik biznes korxonalarini inqirozga uchrashining asosiy sabablari.

  3. Kichik biznes xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tugatish va qayta tashkil qilish shart – sharoitlari.



1. Bankrotlik - raqobat kurashining ob’ektiv xodisasidir.
Bankrotlik - bu xo’jali sudining qarori bilan kichik biznes sub’ektning iqtisodiy qashshokligi, uni qarz majburiyatlari bo’yicha to’lovga qobiliyatsizligini oshkora ehlon qilinishi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat kurashi natijasida vujudga keladigan oddiy holat bo’lib, unda nochor tadbirkorlik tizimi o’zining xo’jalik faoliyatini to’xtatadi. Kreditorlarga qarzni qaytarish maqsadida bankrotlikga uchragan tadbirkor yoki korxona mulkini sotadi. Hozirgi kunda respublikamizdagi ko’pgina tadbirkorlik tizimlariga bankrotlik og’ir moliyaviy ahvoldan chiqishga, xo’jaliky urituvchi sub’ektlarga yordam ko’rsatishga, avvalgi turg’unlikni tiklashga va yana to’lash qobiliyatiga ega bo’lishiga yo’l ochib bermoqda. Bankrot- bu jismoniy yoki yuridik shaxs (xo’jalik yurituvchi sub’ekt), xo’jalik sudi qarori bilan iqtisodiy qobiliyatsiz korxonani qarzdor deb atalishidir. Ikkinchi variant amaliyotda tadbirkorlik tarkibini sog’lomlashtirish (sanatsiya) usuli sifatida ishlatilishi mumkin. Sanatsiya (lotincha - davolash, sog’lomlashtirish ma’nosini bildiradi) – bu sanoat, savdova boshqa korxonalarini bankrotlikdan saqlab qolish uchun yirik banklar va davlat tomonidan o’tkaziladigan tadbirlar tizimidir. “Iqtisodiy qashshoqlik va bankrotlik haqidagi” qonun bankrotlik jarayonini favqulotda voqea deb qaraydi. Korxonaning fuqaroviy huquqiy majburiyatlarini bajarmasligi, qarzlarini aktivlardan ortiqligi sub’ektni bankrot deb bilishga asos bo’lolmaydi. To’lay olmaslik qobiliyati uzoq muddatli bo’lishi, ayrim sabablarga ko’ra o’zgaruvchan bo’lishi ham mumkin.
Bankrotlik qarzdor va kreditorlar orasida qarzlarni to’lash to’g’risida tinchlik yo’li bilan kelishish imkoni ko’zda tutadi. Tinchlik yo’li bilan kelishuvning qarorini kreditorlarning umumiy majlisida qabul qilinadi va xo’jalik sudi tasdiqlaydi.
Bankrotlik zamini - bu ma’lum haqiqiy holat bo’lib, uni aniq sharoitni hisobga olib baholash zarur. Yomon niyat va qalbaki bankrotlik muammosini qo’shimcha ravishda qayta qo’rib chiqish talab etiladi.
Biroq, hozirgi vaqtda MDH ning bir qator davlatlarida lizing beruvchi mulkni foydalanishga bergan tomonning to’lovga layoqatsizligini aniqlansada, uni faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari to’liq o’rnatilmagan. CHunki, lizing oluvchi tomon bankrot deb ehlon qilinsada, u mulkning haqiqiy egasi hisoblanmaydi va unda to’lovni undirish masalasi to’liq hal etilmagan. Bankrotlik holatida lizing bitimi lizing oluvchining aybi bilan bekor qilingan hisoblanadi, lizing oluvchi lizing beruvchiga bitim buzilganligi natijasida yuzaga keladigan zararlarni to’liq qoplashi shart. Bankrot bo’lgan korxona o’zining majburiyatlarini to’lashda kontragentlari qatoriga lizing beruvchi ham o’ziga to’lovlarni undirishi uchun navbatga, ya’ni ro’yxatga qo’yiladi va o’rnatilgan tartibda to’lov amalga oshiriladi.

Download 53.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling