Biznes va tadbirkorlik


Kichik biznes sub’ektlarini tugatish va qayta tashkil etish


Download 53.26 Kb.
bet3/4
Sana11.05.2023
Hajmi53.26 Kb.
#1455124
1   2   3   4
Bog'liq
BIZNES VA TADBIRKORLIKDA BANKROTLIK

3. Kichik biznes sub’ektlarini tugatish va qayta tashkil etish
“Bankrotlik” haqidagi qonun davlat xududida xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bilan birgalikda ularning mulk shaklidan qathiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy munosabatlariga ta’sir ko’rsatadi.
Bankrotlik deb topilishdan maqsadi iqtisodiy nochorlik belgilarini erta bosqichda aniqlash, kichik biznes korxonalarini sanatsiyalash yoki tugatish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiєishni amalga oshirish yo’li bilan korxonalar bankrot bo’lishining oldini olish va ularning to’lovga qobilligini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir.
Iqtisodiy holatiga bog’liq ravishda korxonalar quyidagi guruxlarga bo’linadi:

Iqtisodiy tavakkalchilik belgilari aniqlanganda korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatini soglomlashtirish bo’yicha tadbirlar majmuini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari kerak.
Iqtisodi ynochorkor xonalar qonunga muvofiq bankrotlik to’g’risida e’lon berish yo’li bilan majburan (ixtiyoriyravishda) tugatilishi kerak.
Pul majburiyatlari va majburiy to’lovlar bo’yicha muddati o’tgan qarzlar qonunga muvofiq majburiy to’lovlarni to’lash majburiyatlari va pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlarning talablarini bajarish payti kelishi bilan belgilanadi (masalan, soliqlarni byudjetga har oyda yoki har chorakda, hisobot davridan keyingi muayyan sanada to’lash muddatlari).
Qarzlar summasini belgilash paytida muddati o’tmagan, uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar va zayomlar, ya’ni to’lash muddati kelmagan uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar va zayomlar summalari chiqarib tashlanishi mumkin.
Muddati olti oydan oshib ketgan qarzlar to’grisidagi ma’lumotlar "Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’grisidagi ma’lumotnoma" degan 2a-Moliyaviy hisobot shaklidan olinadi.
Iqtisodiy nochorlikni belgilash uchun mazkur xujjat bilan tasdiqlangan koeffitsientlarning me’yori yqiymatlar ibarcha kichik korxonalar uchun yagonadir.
O’z xo’jalik faoliyatini davom etirayotgan sub’ektlarini va ularning kreditorlari orasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Qarzdorga (bankrotga) nisbatan xo’jalik sudi tomonidan quyidagi choralar ko’rilishi mumkin: sanatsiya, tugatish, tinchlik kelishuvi. Bu yerda sanatsiya deganda tarkibn uni qayta tuzish tartibi, mulk huquqini o’zgarishi, qarzdorni mulk tomonidan, yok ivakolat berilgan idora, yoki boshq ashaxslar tomonidan ushbu qarzdorni va uning mehnat jamoasini saqlab qolish niyatida moliyaviy qo’llab quvvatlash tushuniladi.
Agar xo’jalik sudi qarzdorni mulki bankrotlik ishi bo’yicha olib boriladigan ishlar harajatiga yetmasligini aniqlasa, unda sud qarzdorni bankrot deb e’lon qiladi va bankrotlik ishinit ugadi deb hisoblaydi. Agar bankrotlik tinchlik kelishuvi tuzish bilan tugasa yoki bankrotlik ishini xo’jalik sudi to’xtatsa, yoki qarzdorda o’z faoliyatini davom ettirish uchun barcha shikoyatlardan so’ng yetarli mulki qolsa unda yuridik shaxs tugatilmaydi. Tinchlik kelishuvi-bu qarzdor va kreditorla rorasidagi qarzlarni to’lash to’g’risidagi kelishuv bo’lib, unda qarzlarni kamaytirish yoki ularni to’lash muddati o’zaytirish va boshqa tomonlarni kelishuvi bilan amalga oshiriladigan shartnomalar ko’zda tutiladi.
Tinchlik kelishuvi tuzilgan deb quyidagi holatlarda hisoblanadi:

  • Qarzdor qarzlarni yarmidan oz qismini to’lashni taklif etganda unga rozi bo’lib 2/3 dan kam bo’lmagan majlis kreditorlari o’rnida bo’lgan qatnashchilari ovoz bersa, agar ularning talablari 2/3 dan kam bo’lmagan imtiyozsiz qiymat talablarni tashkil qilsa;

  • Qarzdor qarzlarini yarmidan kam qismini to’lashni taklif qilsa, agar bunga barcha qatnashmayotgan kreditorlarning 3/4 qismi rozi bo’lib ovoz bersa, agar ularning talablari 3/4 qismidan kam bo’lmasa.

Tinchlik kelishuvi ta’sir qilish muxlati kreditorlarning umumiy majlisida qarzdorning taklifi asosida belgilanadi. Xo’jalik sudi boshqaruvchining yoki kreditorning taklifi bilan tinchlik kelishuvini quyidagi hollarda tugatadi, agar: qarzdor atayin yoki qalbaki bankrotliknia malga oshirsa; qarzdor tinchlik kelishuvida ko’zda tutilgan majburiyatlarinib ajarmasa; tinchlik kelishuvining ta’sir qilish mudatining yarmidan kam bo’lmagan qismi o’tgandan keyin qarzdor tinchlik kelishuvini shartini bajara olmasa. Agar tinchlik kelishuvi tugatilsa, unda bankrotlik ishini ko’rish yana tiklanadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, bankrotlik bu bozor iqtisodidagi oddiy holat, raqobat kurashidagi tabiy jarayondir. Unda nochor tadbirkor tarkibi o’zining xo’jalik faoliyatini to’xtadi. Kichik xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy qashshoqligi va bankrot bo’lishi tadbirkorlar, rahbarlar, firmaning menejerlari tomonidan yo’l qo’yiladigan bir qator kamchiliklarga bog’liq. Shuning uchun biznesni tashkil etishda imkoniyatlarni, resurslarni va tavakkalliklarni hayotiy siklini barcha bosqichlarida puxta tahlil qilish kerak bo’ladi.



Download 53.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling