Biznes va tadbirkorlik
Kichik biznes korxonalarining inqirozga uchrashi sabablari
Download 53.26 Kb.
|
BIZNES VA TADBIRKORLIKDA BANKROTLIK
2. Kichik biznes korxonalarining inqirozga uchrashi sabablari
Xorijiy davlatlardagi korxonalarning oyoqqa turishi va taraqqiyotiga oid tajribalardan kelib chiqqan holda shuni aytish kerakki, kichik biznes korxonalari moliyaviy krizisi va bankrotligining sabablari -bu talabni qisqarishi, ishlab chiqarish hajmini pasayishi, uni izdan chiqishi va ma’lum boshqaruv tizimining yo’qligidir. Kichik biznes korxonalari bankrot bo’lish imkonini baholashda quyidagi ko’rsatgichlar nisbatini tahlil qilish zarur: barcha aktivlarga oborot kapitalini nisbati; qarzlarniaksionerlikkapitalganisbati; barcha passivlarni barcha aktivlarga nisbati; asosiy kapitalni aksionerlik kapitaliga nisbati; soffoydanibarchaaktivlarga; operatsiyalardan kelib tushadigan naqd pullarni barcha passivlarga nisbati; sof foyda plus kredit bo’yicha foizni kredit bo’yicha foizlarga nisbati. Kichik xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy qashshoqligi va bankrot bo’lishi tadbirkorlar, rahbarlar, firmaning menejerlari tomonidan yo’l qo’yiladigan bir qator kamchiliklarga bog’liq. SHuning uchun biznesni tashkil etishda imkoniyatlarni, resurslarni va tavakkalliklarni hayotiy siklini barcha bosqichlarida puxta tahlil qilish kerak bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 24 iyun 2005 yilda qabul qilingan “Tadbirkorlik sub’ektlarining xo’jalik sohasidagi xuquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish to’g’risida” Farmonida quyidagilar belgilab qo’yildi – birinchidan, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan birinchi marta sodir etilgan, qasddan qilinmagan va kam ahamiyatli, shuningdek Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar kamroq tushishiga olib kelmaydigan huquqbuzarliklar uchun mansabdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda materiallarni sud organlariga taqdim etmasdan faqat mahmuriy javobgarlik choralari ko’llaniladi; ikkinchidan, materiallar sud instansiyalariga topshirilgan hollarda, tadbirkorlik sub’ekti soliqlar, yigimlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lamaganlik uchun sodir etilgan hukukbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning o’rnini bir oy mobaynida ixtiyoriy ravishda qoplagan hamda uning oqibatlarini bartaraf etgan, jumladan penya to’lagan tadbirkorlik sub’ekti moliyavii sanksiyalar qo’llanili-shidan ozod etilishi belgilab qo’yildi. Kichik biznes muvoffaqiyati nimada? Insonlar orasida biznesning maqsadi nima yoki insonlar muvaffaqiyatga qanday qilib erishadilar, - degan savollar bilan murojaat qilsangiz aksariyat bir xil “bu foyda olib keladigan narsa” degan javoblarga duch kelasiz. Bu javobni kelajakka va hozirga mos keluvchi foydadir degan iboralar bilan to’ldirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Amerikadagi yirik kompaniyalardan birining boshqaruvchisi M.Piterning aytishicha “Biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun o’zlari xaridorlarni yaratishlari lozim”., V.E. Dyumingning ta’rifiga ko’ra “...muvaffaqiyat bu xaridorni jalb qilish va rag’batlantira olish biznesning yutug’idir” deyilgan bo’lsa, aktsiyadorlik jamiyatlari xissadorlari “ ...bu aktsiyadorni maksimal darajada boy qilishdir” degan fikrlar berilgan. Kichik biznesning muvaffaqiyatlariga berilgan bunday tariflarni hech kim inkor eta olmaydi, lekin biznes egalari uchun muhim kalit bo’lgan erkinlik va mustaqil bo’lishlari kerakligini unutmasliklari lozimligini ta’kidlaydi. Berilgan noaniqlik va ba’zi vaqtdagi kelishmovchiliklar kichik biznesdagi muvafaqiyatsizlik natijasi bo’lishi mumkin. Muvaffaqiyatsizlikning uchta asosiy sabablarini keltirib o’tishmumki,bular: Boshqaruvchining nomutanosibligi Moliyaviy muhit Bizes muhiti “Agar siz biznesingizni saqlab qolmoqchi bo’lsangiz”- deb ta’kidlaydi muallif, uni muvaffaqiyatsizlikka uchrashi sabablarini ogohlantiruvchi belgi va havfli xududlar sifatida ko’rsatilgan omillarni hisobga olishingiz zarur va biznes egalari biznes muhitini yarata olmaganliklari oqibati yashirish muammolar keltirib chiqarishi haqida tushunib yetishlari lozim.” O’rtacha xisobdagi insonning biznesdagi maqsadi nimaning muvoffaqiyati nima bilan belgilanadi va ko’p o’xshash javoblarda bubitta foydani ko’zlaydi. Ko’p takomillashgan javoblarda esa xozirgi va kelajakdagi erishiladigan foydani ko’zlaydi. Jamoatchilik firmalarini boshqaruvchi moliyaviy bo’limdagi insonning javobida esa eng muximi aksiyadorining sog’ligidir. Ulardan xech qaysisi kichik biznes muvoffaqiyati to’g’risida aniq xulosa berolmadi. Lekin ular kichik biznesning egasiz muvoffaqiyati erkin va mustaqqiligidaligi to’g’risidagi eng muhim elementni unitishdi. Shunday vaqtlar bo’ladiki, kichik biznes egalari bankrotlikka yuz tutgan firmaning muvoffaqiyatiuning to’xtalishida deb xisoblaydilar. SHunda qachonki kichik biznes kamchilik va bankrotligi tekshirilganda kichik biznes sanoatidagi murakkabliklar ko’riladi. Bankrotlik darajasi turli xil sharoitlar natijasida katta o’zgarishlarga olib keladi. Xizmat ko’rsatish firmalari uchun bankrotlik darajasi elituvchi ( transportda ) firmalarning yarmiga teng edi. Biznesbankrotligi (muvaffaqiyatsizligi) ningturlari: Kichik biznes muvaffaqiyatsizlak sabablar
Garvard biznes maktabi o’qituvchisi Harry Lavinsonning ta’kidlashicha biznesda bankrotlikka olib keluvchi sabablaridan biri nizodir. Nizolar boshqaruvda qo’rquvni, g’azabni va buzg’unchi munosabatlarni keltirib chiqaradi. Bu esa, qarama-qarshi va samarasiz qarorlarni qabul qilishga majbur qiladi va biznesni bankrotlik holatiga tushishiga sabab bo’ladi. Sifat bo’yicha ustoz V.E.Dyumingning fikricha biznes xursand (talabchan) xaridorga extiyoj sezadi deb Druker fikriga qarshilik bildirgan. Biznesda bankrotlikka olib keluvchi sabablardan yana biri sifatsiz maxsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishdir. Maxsulotni iste’molchi talabiga muvofiq kelishi, chidamliligi, ishonchliligi, xizmat muddatini uzunligi, estetik va gigienik talablarga mos kelishi kabi xususiyatlari uni sifatini belgilovchi muhim ko’rsatkichlaridir. Download 53.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling