Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning davlat va nodavlat shakllari
Download 1.76 Mb.
|
3-mavzu Biznes tadbirkorlik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmi hamda bu boradagi xorij tajribasi
Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning davlat va nodavlat shakllari Reja 1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmi hamda bu boradagi xorij tajribasi. 2.O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmi 3. Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning nodavlat shakllari 1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmi hamda bu boradagi xorij tajribasi Xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish uning bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmining asosini tashkil etadi. SHu boisdan, ingliz iqtisodchi olimi J.M.Keyns davlat turli boshqaruv vosita va usullardan foydalangan holda investision va iste’mol faoliyatiga ta’sir ko’rsatishi kerak, iste’molga moyillik va investisiyalashni amalga oshirishni yo’naltirish maqsadi munosabati bilan davlatning funksiyasi kengayadi... mavjud iqtisodiy shakllarning batamom buzilishining oldini olishning yagona amaliy imkoniyati... shaxsiy tashabbusni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur sharoitdir, deb ta’kidlagan. Nazariy jihatdan kichik va o’rta biznesni davlat tomonidan tartibga solish va qo’llab-quvvatlashning liberal, ijtimoiy-yo’naltirilgan modellari mavjud. Liberal model davlatning sezilarsiz darajadagi ishtirokiga asoslanib, quyidagi belgilari bilan aniqanadi: davlat tashkilotlarining qisqarishi, kichik va o’rta biznes sub’ektlarida liberalizm, ijtimoiy sohadagi vazifalarni amalga oshirishda davlat ishtirokining minimal darajada mavjud bo’lishi. Bu modelda, davlat asosan monetar siyosat vosita va dastaklari orqali makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish vazifasini amalga oshiradi. Bu model AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniyaga xosdir. Ijtimoiy-yo’naltirilgan modelda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi yuqori bo’lib, bozorning asosiy qoidalarini belgilashda davlat faol ishtirok etadi; makroiqtisodiy jarayonlar, kichik va o’rta biznes faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadi va boshqariladi; aholining uy-joy, madaniyat va ta’lim, ish bilan band qilish, sog’liqni saqlash xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish davlat tomonidan amalga oshiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini tartibga solish va qo’llab-quvatlash ko’plab mamlakatlarda davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo’nalishi hisoblanadi. Ayrim olimlarning fikricha, jahon amaliyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini davlat tomnidan qo’llab-quvvatlash uch turdagi modellar orqali amalga oshiriladi1. Birinchi model proteksionistik g’oyaga asoslanib, unda rivojlangan davlatlarda kichik biznesni qo’llab-quvvatlashning maqsadli dasturlarini amalga oshirishda o’z ifodasini topadi. Masalan, Amerika Qo’shma SHtatlarida kichik biznesni qo’llab-quvvatlash “Kichik biznesda innovasion tadqiqotlar dasturi” (SBIR) va “Kichik biznes texnologiyalari transferti dasturi” (STTR) kabi dasturlar orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi model aksincha, erkin tadbirkorlikka asoslangan modeldir. Bunga misol tariqasida Fransiyada kichik biznesni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan yirik ko’lamli dasturlar qabul qilinmasligini ko’rsatish mumkin. Uchinchi kombinasiyalashgan modelda yuqorida ko’rsatilgan ikkala model birlashgan holda amal qiladi. Jumladan, Buyuk Britaniyada shunday yondashuvni kuzatish mumkin. Ushbu yondashuvda davlat darajasida e’lon qilingan kichik biznesni qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari erkin tadbirkorlik asosida amalga oshiriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish va qo’llab-quvvatlash-tadbirkorlikning barqaror rivojlanishi uchun qulay muhit, shart-sharoit yaratishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy va siyosiy chora-tadbirlar tizimidir. Davlat organlarining iqtisodiyotni tartibga solish va tadbirkorlikning rivojlanishini qo’llab-quvvatlashdan ko’zlagan maqsadlari quyidagilardan iboratdir: iqtisodiy o’sishni ta’minlash; mehnatga layoqatli aholini ish bilan band etishning yuqori darajasini ta’minlash; narxlar barqarorligini ta’minlash; pul muomalasi barqarorligini ta’minlash; tashqi iqtisodiy muvozanatni saqlash. Davlatning tadbirkorlikni tartibga solish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha quyidagi vazifalari mavjuddir: 1. Davlat tomonidan iqtisodiyotning barcha sohalarida kishilarning faoliyat risklari bilan bog’liq bo’lgan innovasiya imkoniyatlarini amalga oshirishga qobiliyati bor bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlarini shakllantirish. 2. Erkin raqobat muhitini yaratish. Tadbirkorlik sub’ektlari erkin raqobat muhiti sharoitida o’zlarining raqobat ustunliklarini ta’minlash uchun fanning ilg’or yutuqlarini qo’llagan holda texnika va texnologiyalarini uzluksiz yangilash, innovasion menejment va marketingni joriy etish, o’zlarining innovasion va tahlikalarga bardoshlik qobiliyatlarini ishga solishga intiladilar. 3.Tadbirkorlarning yuqori sifatli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishini va uning bozordagi taklifini rag’batlantirish. Bunda davlat tomonidan soliq, moliyaviy, kredit, sug’urta, amortizasiya va boshqa iqtisodiy siyosat dastaklari yordamida rag’batlantirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi. 4. Innovasion mahsulotlarga bo’lgan talabni shakllantirish va rag’batlantirish. 5. Tadbirkorlikning tashkiliy va bozor infratuzilmasini shakllantirish. 6. Tadbirkorlikning ijtimoiy yo’naltirilishini ta’minlash. Davlat tomonidan tadbirkorlik rivojlanishini qo’llab-quvvatlash tizimini shakllantirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1. Tadbirkorlikning rivojlanishini huquqiy jihatdan ta’minlash tizimini shaklantirish. 2.Soliqqa tortish tizimini tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirish. 3.Tadbirkorlik sub’ektlarini imtiyozli kreditlash tizimini shakllantirish, tijorat banklarining kreditlash amaliyotini rag’batlantirish, ularni moliyaviy qo’llab-quvvatlash fondlarini, o’z-o’zlarini kreditlash jamiyatlarining, venchur kapitali, venchur firmalarining hamda innovasion fondlarning shakllanishiga ko’maklashish. 4. Tadbirkorlik faoliyatini sug’urtalash sohasini davlat tomonidan tartibga solish. Innovasion jarayonlarni sug’urtalashning davlat va bozor shakllarining uyg’unligini ta’minlash. 5. Tadbirkorlikning tashkiliy infratuzilma tizimlarini shakllantirish. Ko’pgina xorijiy mamlakatlarda kichik biznesning vujudga kelishi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi davlat yordami vositasida ta’minlanadi. Ularda bu ishda juda katta ijobiy tajriba to’plangan bo’lib, undan bizning sharoitlarimiz va xususiyatlarimizni hisobga olgan holda foydalanish mumkin. Ko’pgina mamlakatlarda kichik korxonalar faoliyatini tartibga solishga umumiy yondashishlar va asosiy yo’nalishlar xosdir. Ularga quyidagilar kiradi: - kichik biznesni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan maxsus qonunlarni qabul qilish; - korxonalar faoliyatining umumiy va xususiy tomonlarini (masalan, kichik firmalarda boshqaruv usullarini) takomillashtirishni, biznes bilan shug’ullanishni istayotganlarga moliyaviy yordam ko’rsatishni, kichik biznesni rivojlantirishni ko’zda tutuvchi ma’lum maqsadga qaratilgan davlat rejalarini ishlab chiqish; - kichik biznesni qo’llab-quvvatlashning tarkibiy-tashkiliy xizmatlarini tashkil qilish; - kichik bizneslarga davlatning moliyaviy yordam ko’rsatishi (Italiyada kichik firmalar ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruk-torlik ishlarini moliyalashtirishga katta mablag’lar ajratiladi); - kichik biznesni kafolatlash va imtiyozli kreditlashtirish firmalarini tashkil qilish (Angliyada kichik korxonalarni moliyalashtirishni ta’minlovchi maxsus firmalar bor, buning ustiga davlat qarzlarining 70% ni kafolatlaydi); - kichik korxonalar faoliyatini imtiyozli soliqqa tortishni keng tarqatish (masalan, Fransiyada har yili 10000 ga yaqin korxonalar to’liq yoki qisman soliq to’lashdan ozod qilinadilar). Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash sohasidagi ba’zi bir mamlakatlar tajribasining qisqacha bayonini keltiramiz. AQSH. AQSH 1953 yildayoq butun mamlakat bo’yicha vakillarning keng tarmog’iga ega kichik biznes ishlari bo’yicha ma’muriyat tashkil qilingan edi, unda 4 ming xodimlar xizmat qiladi. Bu tashkilot faoliyatining asosiy yo’nalishi shaxsiy ishni ochish va olib borishda yordam berish, kichik biznesga kreditlar va kafolatlangan qarzlar berishdan iborat. 1953 yilda iqtisodiyotning monopolistik sektorini davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi kichik biznes to’g’risidagi qonun qabul qilingan. 1986 yilda kichik korxonalarga yangi texnologiyalar, ilmiy-texnik va tajriba konstruktorlik tashkilotlarining ishlanmalarini topshirish imkoniyatini ta’minlovchi qonun qabul qilingan. Kichik korxonalarga ko’pchilik yarim hukumat tashkilotlari yordam ko’rsatadilar: xizmatlar savdosi sohasidagi siyosat bo’yicha qo’mita, Prezident xuzuridagi xususiy tadbirkorlik muammolari bo’yicha maxsus komissiya, sanoat raqobatbardoshligi masalalari bo’yicha komissiya va boshqalar. Ko’p sonli jamoatchilik tashkilotlari – savdo palatasi, sanoatchilarning milliy assosiasiyasi, savdo, qishloq xo’jaligidagi har xil assosiasiyalar, klublar, guruhlar va hokazolar kichik biznesni qo’llab-quvvatlashga yordam ko’rsatadilar. AQSHda kichik korxonalar soliq imtiyozlaridan foydalanmaydi, ammo subsidiyalar, dotasiyalar, moliyaviy kafolatlar bilan qo’llab-quvvatlanadilar. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling