Biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning davlat va nodavlat shakllari


Download 1.76 Mb.
bet6/11
Sana03.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1156585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-mavzu Biznes tadbirkorlik (1)

Auditorlik kompaniyasi – bu turli yo’nalishdagi firmalarning bozor va biznes sohasidagi imkoniyatlarini aniqlab beruvchi moliya-xo’jalik faoliyatini yalpi taftishi bilan shug’ullanuvchi muassasa.
Sug’urta kompaniyasi – sug’urtalovchi rolida maydonga tushuvchi, ya’ni sug’urta hodisasi ro’y bergan chog’da sug’urtalangan shaxsning zararlarini qoplash majburiyatini o’ziga oluvchi tashkilot.
Biznes inkubator — kichik va o’rta biznesni yuritish malakalari berish va tadbirkorlik madaniyatini tarbiyalash bilan shugullanadigan ixtisoslashgan muassasa. Biznes inkubator, asosan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga dastlabki faoliyatida bozor iqgisodiyoti bo’yicha zarur bilimlarni o’rgatish, biznes reja tuzish, mablag’lar topish, xalqaro grantlar olishda ko’maklashish, tadbirkorlik g’oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish va joriy etish, shuningdek kichik va o’rta korxonalarga menejment va marketing xizmatlari, tashkiliy, texnikaviy, iqtisodiy yo’sindagi xizmatlar ko’rsatish kabi vazifalarni bajaradi. Biznes inkubator tadbirkorlik malakalarini rivojlantirish va mahalliy ishbilarmonlarni, shu jumladan yoshlar, ayollar va aholining boshqa guruhlarini xalq xo’jaligiga jalb etishni kuchaytirish muammolarini echishga xizmat ko’rsatadi.
Biznes inkubator faoliyat turiga ko’ra korxona inkubatorlari, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash markazlari, innovasiya va menejment markazlariga bo’linadi. Dastlabki Biznes inkubatorlar 20-asrning 70 —80 yillarida AQSH da paydo bo’ldi. Keyinchalik jahondagi boshqa mamlakatlarda ham keng tarqala boshladi. Hozirgi paytda dunyo bo’yicha 2000 dan ortiq yirik Biznes inkubatorlar ish olib boradi.
O’zbekistonda birinchi Biznes inkubator 1995 yilda BMTning YUNIDO tashkiloti va O’zR Davlat mulk qo’mitasining hamkorlikdagi "O’zbekistonda biznes inkubatorlar tarmog’ini shakllantirish va rivojlantirish" loyihasi asosida tashkil etildi. Respublikada jami 25 ta Biznes inkubator mavjud bo’lib, ular yirik shaharlar va viloyat markazlarida faoliyat ko’rsatmoqsa, bir yida 5 mingdan ziyod kishi o’qitilgan (2001).




Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling