Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish – bitta operatsiya bo‘yicha bitta
summaning o‘zi buxgalteriya hisobining ikkita hisobvaraqlarida - bittasining debetida va
boshqasining kreditida aks ettiriladi.
Uzluksizlik - xo‘jalik yurituvchi subyekt uzluksiz ishlaydigan, ya’ni belgilangan
kelajakda ishlashni davom ettiradigan subyekt deb hisoblanadi. Uning o‘z faoliyatini
tugatish yoki faoliyat ko‘larnini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q deb
taxrnin qilinadi.
Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash — barcha
operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlardagi axborotlarni umumlashtirish maqsadida
pul bilan baholanadi.
Ishonchlilik - axborot, unda jiddiy xatolar va taxrninlar bo’lmasa va unga
foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo‘ladi.
Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi boshlang‘ich hisob-kitob hujjatlari
bilan tasdiqlanishi kerak.
Ehtiyotkorlik — qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar
va daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar voki xarajatlar esa yetarlicha
baholanmasligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun
zarurdir.
Mazmunining sliakldan ustunligi - agar hisob-kitob hujjatlarida va moliyaviy
hisobotda axborot operatsiyalar hamda voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks
ettirsa, bunday axborot uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy
realligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi hamda taqdim etilishi zarur.
Ko’rsatkichlarning qiyosiyligi — moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi
uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan
bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotni
tayyorlashda foydalanadigan hisob siyosatidan, ana shu siyosatdagi barcha
o'zgarishlardan va shunday o‘zgarishlarning natijalaridan xabardor bo’lishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |