Biznesni baholashda axborotlar tizimi


Download 13.61 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi13.61 Kb.
#1518513
1   2   3   4   5
Bog'liq
бизнес

Bunda asosiy axborot manbalari bo`lib hukumat dasturlari va prognozlar; axborot, konsalting tuzilmalari, hokimiyat va boshqaruv organlarining tahliliy sharhlari; davriy iqtisodiy matbuot xizmat qiladi. Foiz stavkasi miqdorining o`zgarishi bilan bog`liq xatar. Foiz stavkasining harakati amalga oshirilayotgan makroiqtisodiy tartibga solish chora-tadbirlariga munosabat bildirish hisoblanadi va u investision faollikni rag`batlantirishga olib kelishi ham, iqtisodiyotdagi umumiy sarf-xarajatlarning oshishiga to`sqinlik qilishi ham mumkin. Baholash jarayonida diskont stavkalarini, sarmoyalash koeffisientlarini, bozor multiplikatorlarini hisob-kitob qilishda tizimli va tizimsiz xatar omillari o`lchanadi. Ushbu hisob-kitoblarda xatarsiz stavka sifatida, odatda, davlatning uzoq muddatli qimmatli qog`ozlari bo`yicha daromad stavkalari qabul qilinadi. Asosiy axborot manbalari: • axborot, konsalting tuzilmalari; • davriy iqtisodiy matbuot. .

Valyuta kursining o`zgarishi bilan bog`liq xatar. Valyutalar kurslari iqtisodiy va siyosiy omillar ta’siri ostida o`zgaradi. Valyuta kursining o`zganshi mamlakatda chakana narxlarning o`zgarishini aniq aks ettirmaydi, ayni paytda, baholash jarayonida moliyaviy axborotga inflasion tuzatishlar kiritish, odatda, milliy valyuta kursining o`zgarib turishi bo`yicha amalga oshiriladi. Muayyan yilga mo`ljallangan sotuvlar hajmlari prognozini tuzishda bashorat qilinayotgan inflyasiya darajasini hisobga oluvchi hisob-kitoblarni amalga oshirish lozim. Asosiy axborot manbalari: • hukumat dasturlari; • axborot, konsalting tuzilmalari; • davriy iqtisodiy matbuot, Siyosiy xatar - bu siyosiy voqealar tufayli aktivlarga nisbatan yuzaga kelgan tahdid. Siyosiy xatar omillari, odatda, yirik firmalar yoki tahliliy agentliklar tomonidan amalga oshiriladigan ekspert baholari asosida aniqlanadi.

Asosiy axborot manbalari: • tahliliy sharhlar ma’lumotlari; • milliy axborot agentliklari; Tashqi axborot makroiqtisodiy axborotdan tashqari, tarmoqqa doir axborotni ham o`z ichiga oladi. Unda baholanuvchi korxona, faoliyat ko`rsatayotgan tarmoqning ahvoli va rivojlanish istiqbollari haqida axborot olinadi. Mazkur bo`limning mazmuni tarmoqqa doir ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatiga bog`liq. Unda tarmoqdagi raqobat shartlari, sotish bozorlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulotdan foydalanishning ehtimoliy variantlari; ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga va unga nisbatan talabning o`zgarish dinamikasiga ta’sir ko`rsatuvchi omillar aks ettirilishi kerak. Tarmoqda korxonaning faoliyat ko`rsatish shart-sharoitlari yakuniy qiymat miqdoriga jiddiy ta’sir ko`rsatishi mumkin.


Tarmoq axborotini tahlil qilish yo`nalishlari.

Download 13.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling