Korxona boshqaruvchisi asosiy shaxs bo`lib, biznesning samarali boshqarilishini va rivojlanishini ta’minlashi mumkin. Ushbu fakt baholash jarayonida, xususan, diskont stavkalarini hisoblab chiqishda hisobga olinishi zarur, chunki korxona sotilgan hollarda uning bo`lajak faoliyatiga oid rejalari o`zgarishi mumkin. Mazkur bo`lim axborotni tahlil qilishning muhim jihati bo`lib tarmoq bo`yicha o`rtacha ma’lumotlar bilan solishtirilganda korxonada ish haqining darajasi hisoblanadi. Ko`p yoki kam tomonga farqlanishga baholanayotgan biznes xususiyatlaiini aniqlash maqsadi sifatida qaralishi kerak, shuningdek unga hisobotni bir me’yoriga keltirish chog`ida tuzatishlar kiritilishi mumkin. Asosiy axborot manbalari: • biznes-reja; • korxona rahbari bilan suhbat; • marketing ma’lumotlari; • retrospektiv moliyaviy hisobot.
Do'stlaringiz bilan baham: |