Biznesni baholashda axborotlar tizimi


Download 13.61 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi13.61 Kb.
#1518513
  1   2   3   4   5
Bog'liq
бизнес

Biznesni baholashda axborotlar tizimi

Biznesni baholash uchun zarur axborot bazasini tayyorlash juda zarur. Baholash jarayonida foydalaniladigan axborot ishonchlilik, aniqlik va tizimlilik talablariga javob berishi lozim. Shu bilan biiga, u korxonadagi vaziyatni ishonchli tarzda aks ettirishi, baholash maqsadlariga aniq mos kelishi va baholanayotgan korxona faoliyat ko`rsatishining tashqi shart-sharoitlarini kompleks tarzda hisobga olishi kerak. Axborotni yig`ish va tayyorlashni tashkil etishning xronologik, jurnalistik, mantiqiy kabi yo`llari mavjud. Axborot yig`ishning xronologik yo`li o`tgan davrdan kelajakka izchil o`tishni nazarda tutadi. Baholash chog`ida ishlab chiqarishni o`rganish kompaniyaning tashkil etilishi tarixidan boshlanishi kerak.

Jurnalistik yo`l materialni muhimrog`idan kamroq muhimiga qarab joylashtirishni nazarda tutadi. Moliyaviy axborotni tahlil qilishda, odatda, barcha retrospektiv (ko`p yillik) axborotdan foydalanishdan ma’no yo`q, e’tiborni esa eng muhim nisbat yoki koeffisientlarga qaratish zarur. Mantiqiy tartib axborotning umumiydan xususiyga tomon yoki xususiydan umumiyga tomon taqsimlanishini nazarda tutadi. Baholanayotgan korxonani tahlil qilishga kirishishdan avval tarmoqdagi investisiya muhitini aniqlash imkonini beruvchi axborot sharhini o`tkazish lozim. Biznesni baholash korxona qiymatini investisiya tovari sifatida, ya’ni avvalgi xarajatlar, joriy ahvol va kelgusi imkoniyatlarni hisobga olgan holda tahlil qilishga asoslangan. Bunday kompleks yondashuvni amalga oshirish uchun katta miqdordagi axborotni yig`ish va tahlil qilish lozim bo`lib, uni quyidagi tarzda tasniflash mumkin: • korxonaning mintaqada, tarmoqda va umuman iqtisodiyotda faoliyat ko`rsatishi sharoitlarini tavsiflovchi tashqi axborot; • baholanayotgan korxonaning faoliyati haqida tasavvurga esa bo`lish imkonini beruvchi ichki axborot. Mazkur axborotlarni tahlil qilish investisiya tahlilining quyidagi ketma-ketligiga asoslanishi kerak: makroiqtisodiyot - tarmoq - korxona (kompaniya).

Tashqi axborot Biznesning normal faoliyat ko`rsatishi sotuvlar hajmi, olinadigan foyda va rejalashtirilgan o`sishni ta’minlash uchun moliyaviy resurslarni optimal tarzda uyg`unlashtirishga asoslangan, bu esa ko`p jihatdan korxona faoliyat ko`rsatishining tashqi sharoitlari bilan belgilanadi. Ularga makroiqtisodiy va tarmoq omillari kiradi, bular: inflyasiya darajasi, mamlakatning iqtisodiy o`sish sur’atlari, tarmoqdagi raqobat shartlari va h.k. Tashqi axborotlar korxonaning tarmoqda va umuman iqtisodiyotda faoliyat ko`rsatishi sharoitlarini tavsiflaydi, Tashqi axborot hajmi va xususiyati baholash maqsadlariga qarab farq qiladi. Hisobotni tuzishda baholovchi tomonidan yig`ilgan va o`rganilgan axborot bazasi korxona qiymati haqida yakuniy xulosani berish uchun zarur va etarli ekanligini ko`rsatish lozim. Axborotni optimal hajmda va baholanayotgan ob’ektga yo`naltirilgan tarzda berish zarur.


Download 13.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling