Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Download 1.6 Mb.
bet85/87
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1489892
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

Talab inflyatsiyasi yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi nomutanosiblik tufayli yuzaga keladi.
Bunga davlat tomonidan tovarlarni (masalan, harbiy tovarlar) xarid qilishning ko'payishi, tadbirkorlarning to'liq bandlik va ishlab chiqarish quvvatlaridan deyarli to'liq foydalanish sharoitida ishlab chiqarish vositalariga bo'lgan talabi, shuningdek, xarid qobiliyatining oshishi sabab bo'lishi mumkin. kasaba uyushmalarining kelishilgan harakatlari natijasida aholi soni (ish haqining o'sishi) va boshqalar.Bularning barchasi tovarlar miqdoriga nisbatan pul ortiqchasining shakllanishiga olib keladi, bu esa talab va narxlarning oshishiga olib keladi. Shunday qilib, muomaladagi pulning ortiqcha bo'lishi taklif taqchilligini keltirib chiqaradi, ishlab chiqaruvchilar talabning o'sishiga etarli darajada javob bera olmaydi.
Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari va funksiyalari.
Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko’ra tarkibida eng katta ulushga ega bo’lgan komponentdir. 2004 yilda O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra respublikamizda bu ulush 51,7 %ni tashkil etgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning 90 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg’armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg’arish hajmi foz stavkasining funktsiyasi de qarashsa J.M. Keyns uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg’arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste’mol va jamg’arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo’jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to’lovlari va to’lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd ) ko’rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg’armalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funktsiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.
Ixtiyordagi shaxsiy daromad iste’mol va jamg’arish uchun ishlatiladi, ya’ni qancha ko’p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg’ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik har xil daromadga ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo’lganlar odatda ko’proq iste’mol qilib, kamroq jamg’aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg’arish ulushining o’sishi tomonga o’zgaradi.
Iste’mol bu ixtiyordagi daromadning iste’molchi tomonidan joriy davrdagi ehtiyojlarini qondirish uchun sarflagan qismi bo’lib, u pirovard hamda oraliq iste’molga ajratiladi. Oraliq iste’molda tovar va xizmatlar iste’mol jarayonida to’liq yo’q bo’lib ketmaydi, pirovard iste’molda esa ular iste’mol jarayonida to’liq ishlatiladi. Jamg’arish esa iste’moldan farqli ravishda kelgusidagi ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi va ixtiyordagi daromadning iste’moldan keyin qolgan qismini aks ettiradi.
Ko’rsatkichlar o’rtasidagi bunday bog’liqlikni quyidagicha ifodalash mumkin:

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling