Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Bozor, uning tarkibi, vazifalari. Bozor iqtisodiyotiga xarakteristika


Download 1.6 Mb.
bet12/87
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1489892
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87
Bog'liq
Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

2. Bozor, uning tarkibi, vazifalari. Bozor iqtisodiyotiga xarakteristika.
Bozor - bu sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi mahsulot sotish va sotib olish bo’yicha,erkin,munosabatlar,tizimidir.
Bozor - bu birinchidan, sotuvchilar va xaridorlarni uchrashtirib turadigan joy; ular o’rtasida kelishilgan narx bo’yicha tovar almashuvi sodir bo’ladi. Bozorda sotishni amalga oshirish uchun ma’lum xarajatlar qilinadi va bu xarajatlar bozor to’g’risida axborot olish, shartnomalar tuzish, uchrashuvlar o’tkazish, sotib olinadigan tovar yoki xizmatning miqdoriy va sifat xarakteristikalarini aniqlash va boshqa turdagi xarajatlar bilan bog’liq. Bunday xarajatlar transaktsion xarajatlar bo’lgani uchun ham, bozorni transaktsiyalar majmuasi deb ham qarash mumkin. Bozorning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u daromadlarni samarali faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektlar hisobiga qayta taqsimlaydi, ya’ni zamonaviy texnologiyadan, cheklangan resurslardan samarali foydalanayotgan xo’jalik sub’ektlari hisobiga.
Bozor quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Ishlab chiqaruvchi va istemolchini bir biri bilan bog’lash;
2. Tovar bahosini xolisona shakllantirish;
3. Iqtisodiyotni va ishlab chiqarishni tartibga solib turish;
4. Turli davlatlar o’rtasida iqtisodiy hamkorlik o’rnatish.
Bozorlar o’zining hududiy masshtabiga ko’ra lokal, milliy va xalqaro bozorlarga bo’linadi. Oldi-sotdi ob’ekti bo’lib, iste’mol tovarlari, resurslar, (mehnat, kapital, yer, tadbirkorlik qobiliyati, axborot) va xizmatlar hisoblanadi. Tovarlar bozori bilan bir qatorda pul bozori (qimmatbaho qog’ozlar bozori) ham mavjud. Bozordagi narxlar oldi-sotdi jarayonida yoki undan oldin shakllanishi mumkin.
Bozorning samarali faoliyat ko’rsatishi transaktsion xarajatlar bilan bog’liq. Transaktsion xarajatlar - bu tovar almashish sohasidagi xarajatlardir. Bu tushuncha birinchi bo’lib R.Kouz tomonidan kiritilgan (1937 y). Transaktsion xarajatlar o’z ichiga quyidagi xarajatlarni oladi: axborot olish, o’zaro kelishuv va uchrashuvlar bilan bog’liq xarajatlar, tovarlar xususiyatlarini aniqlash bilan bog’liq xarajatlar, mulk huquqini himoya qilish va boshqalar.

Bozor iqtisodiyoti – tovar, pul munosabatlariga asoslangan va ularning o’ziga xos iqtisodiy qonunlari asosida boshqariladigan iqtisodiyotdir.


Iqtisodchilar R.Linsi, I. Steynerning obrazli aytishi bo’yicha “ Bozor – bu barcha iqtisodiyot bilan shug’ullanuvchining o’zaro aloqasini ifoda etuvchi sahnadir”. Bozorda faoliyat yurituvchi barcha shaxslarning harakati butun iqtisodiyotning mustahkamlanishiga emas, balki, o’z manfaatlariga qaratilgan. Ana shu barcha yakka tartibda qaror qabul qiluvchilarning faoliyatini tartibga solish bozor iqtisodiyotining yuragi bo’lgan – bozor mexanizmi asosida amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyotining.afzalliklari quydagilardan.iborat:
Ishlab chiqarish resurslari to’g’ri taqsimlanadi, Bozorda resurslar birinchi navbatda jamiyat uchun zarur bo’lgan sohalarga taqsimlanadi.
1.Qisqa axborot asosida ishlab chiqarish samarali tashkil etiladi. Ishlab chiqaruvchilar baho bilan xarajatni bilgan holda samarali faoliyat olib borishlari mumkin.
2.Talabga ko’ra ishlab chiqarishni tezda o’zgartirish mumkinligi. Masalan, har yili jahon bozoriga 700 xil yangi radioapparatura sotuvga chiqariladi.
3.Fan-texnika taraqqiyotini ishlab chiqarishga tezda joriy qilinishi uchun harakat qilinadi.
4.Iste’molchi va tadbirkorlar ishlab chiqarishda erkin harakat qiladilar.
5.0Barcha ishlab chiqaruvchilar mahsulot sifatini oshirishga harakat qiladilar.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling