Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Download 1.6 Mb.
bet14/87
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1489892
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87
Bog'liq
Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

Sq20 LCVq10 LV.
Oilaning bir oyda savat va vino ishlab chiqarish imkoniyatlari quyidagi kombinatsiyalaridan iborat bo’ladi, ya’ni


Sq20 LC,(1)

Vq10 LV.(2)

LC q LV.q24 (3)
bu yerda S - savat miqdori (donada), V - vino miqdori (litrda) bo’lib, mehnat sarfiga bog’liq. Oxirgi tenglik resurslar chegarasini ifodalaydi (mehnat resursi 24 ish kuni bilan chegaralangan).
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasini yoki chizig’ini topish uchun (1) va (2) lardan LC va LV.larnianiqlaymiz.

va  .
Endi bu munosabatlarni resurs tenglamasi (3) ga qo’yamiz.

,
yoki

Sq480-2V.


Ushbu tenglama orqali oilaning 24 ish kunida savat va vino ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan barcha kombinatsiyalarini aniqlash mumkin. Bu to’plam yuqoridagi 1.5-rasmda keltirilgan.
Savat ishlab chiqarish bilan vino ishlab chiqarishni almashtirish koeffitsienti, ya’ni savat ishlab chiqarishni vino ishlab chiqarishga chekli transformatsiya koeffitsienti

,  .

CHekli transformatsiya koeffitsienti oila bir tovardan qo’shimcha bir birlik ishlab chiqarish uchun ikkinchi tovardan qancha hajmda ishlab chiqarishdan voz kechish kerakligini bildiradi. Demak, oila 10 litr vino ishlab chiqarishga sarflaydigan bir ish kunini savat to’qishga sarflasa, u 20 dona ortiqcha savat ishlab chiqargan bo’ladi.


Tayanch iboralar
Bozor sub’ektlari, iqtisodiy model, iqtisodiy ne’matlar, noyob ne’matlar, ishlab chiqarish imkoniyatlari, alternativ xarajatlar, iqtisodiy ehtiyoj, transaktsion xarajatlar, tadbirkorlik qobiliyati, chekli transformatsiya normasi.
Talab va taklif tahlili.
Talab va taklif tahlili. Ma‘lumki, har doim bozorda tovarning narxi va bu tovarga bo’lgan talab miqdori oraligida ma‘lum nisbat mavjud bo’ladi. Narx va sotib olingan tovar soni oraligidagi nisbat talab jadvali yoki talab egri chizigi deb nomlanadi. Bundan shu xulosani ko’rish mumkinki, agar narx yuqori bo’lsa loyiha mahsulotiga talab kamayadi, aksincha narx past bo’lsa loyiha mahsulotiga talab ortadi.
Loyiha mahsulotiga bo’lgan talabga uning narxidan tashqari quyidagi omillar ham ta‘sir etadi: 

  1. Iste‘molchilarni o’rtacha daromadi. Daromad oshgan sari xalqning barcha mahsulotlarga bo’lgan talabi oshib boradi. 

  2. Bozor ko’lami. Bozor ko‗lami qancha katta bo’lsa talab shuncha ko’p bo’ladi, va aksincha. Masalan, katta shahardagi bozorda kichik shahardagi bozorga nisbatan mahsulotga bo’lgan talab yuqoridir va aksincha. 

  3. Bir-birini to’ldiruvchi, o’rin bosuvchi tovarlar narxi. 

  4. Iste‘molchilarning didi va mahsulotni sifati. 

  5. Aloxida sharoitlar. Masalan, ob-havo, kelgusi iqtisodiy sharoitlar va boshqalar. Mahsulotning narxi va uning bozorga kelib tushgan soni oraligidagi nisbat taklif jadvali yoki taklif egri chizigi deb nomlanadi. Narx o’sishi bilan ishlab chiqaruvchilar mahsulot ishlab chiqarishni va uni sotilish hajmini ko’paytirshga intiladi, narx pasayishi bilan esa aksincha. Mahsulot taklif jadvaliga narxdan tashqari quyidagi omillar ta‘sir etadi. 

  6. Ishlab chiqarish xarajatlarni pasayishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini orttiradi, ya‘ni mahsulot taklifini ko’paytiradi. 

  7. Ishlab chiqarishga ser unum texnika va texnologiyalarni qo’llash. 

  8. Ishlatiladigan resurslar va xom ashyo narxining o’zgarishi. 

  9. Bozorda faoliyat ko’rsatayotgan firmalar soni. 

  10. Takomillashgan raqobat. 

YUqorida bayon etilgan omillarning o’zgarishi taklif hajmini har bir bozor narxi uchun o’zgarishiga olib keladi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling