Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi
Download 1.6 Mb.
|
Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn
2. Kouz teoremasi
Tashqi samaralar yoki eksternalilar (externalites) – bozordagi oldi-sottidan olinadigan, lekin narxda o’z ifodasini topmagan xarajat yoki foyda. Ular muayyan operasiyada qatnashadigan bozor subyektlari bilan bir qatorida uchinchi tomon bilan bog’liq bo’lgani uchun ham «tashqi» deb qabul qilinadi. Ushbu xarajatlar yoki yutuqlar (foyda) tovarlar va xizmatlarni ham ishlab chiqarishda, ham iste’mol qilishda vujudga keladi. Tashqi Samara musbat (ijobiy) va manfiy (salbiy) samaralarga bo’linadi. Manfiy Samara xarajatlar bilan bog’liq bo’lsa, musbat samara uchunchi tomonning yutug’i bilan bog’liqdir. Shunday qilib, tashqi samara ijtimoiy xarajatlar (yutuqlar) va xususiy xrajatlar (yutuqlar) o’rtasidagi farqni ko’rsatadi. MSC = MPC + MEC, bu yerda MSC – ijtimoiy chekli xarajat; MPC – xususiy chekli xarajat; MES – tushqi chekli xarajat (Marginal External Cost). Agar bir iqtisodiy subyektning faoliyati boshqa iqtisodiy subyektlar faoliyatida xarajatlarga olib kelsa, salbiy tashqi Samara vujudga keladi. Masalan, ximiya zavodi foydalanilgan suvni yetarli darajada tozalamasdan daryoga oqizmoqda, deylik. Chiqindi suv hajmi zavod ishlab chiqarish proporsional bo’lsa, zavod qancha ko’p mahsulot ishlab chiqarsa, uatrof muhitni shuncha ko’p ifloslantiradi. Ximiya zavodi maxsus suv tozalash inshooti qurmaganligi uchun, chiqindi suv to’liq tozalanmaydi, demak zavodning xususiy chekli xarajati ijtimoiy chekli xarajatidan past bo’ladi, nima uchun deganda uning xarajati suvni tozalash bilan bog’liq xarajatdan xoli. Zavod xarajatlarni tejash asosida ko’proq mahsulot ishlab chiqaradi. Suvni tozalashga xarajat qilmaganda zavodning ishlab chiqarish hajmi Q1 ga, uning narxi R1 ga teng va Ye1 nuqtada bozor muvozanti o’rnatiladi. Ye1 nuqtada kesishadigan talab chizig’i chekli ijtimoiy yutuq MSVni ifloslansa, taklif chizig’i xususiy chekli xarajat MRS ni ifodalaydi. Ye1 nuqtada bozor muvozanati o’rnatilganda chekli xususiy xarajat chekli ijtimoiy yutuqga teng bo’ladi: MRS = MSV Lekin, chekli ijtimoiy xarajat chekli xususiy xarajat bilan chekli tashqi xarajat yig’indisiga teng: MSC = MPC + MEC, Agar tashqi xarajat zavodining ichki xarajatiga aylantirilsa, samarali ishlab chiqarish hajmi Q1 dan Q2 ga qisqargan bo’ladi. Mahsulot narxi R1 dan R2 ga ko’tariladi va Ye2 nuqtada chekli ijtimoiy yutuq chekli ijtimoiy xarajat bilan tenglashardi, ya’ni MSV = MSC Shuni e’tiboriga olish kerakki, Ye2 nuqtada tashqi muhitni ifloslantirishning oqibatlari to’liq yo’qotilmaydi, nima uchun deganda, ximiya zavod Q2 miqdorda mahsulot ishlab chiqarishni davom ettiradi va shu ishlab chiqarish hajmiga proporsional chiqindi ham atrof-muhitga chiqaradi. Lekin, atrof-muhitni ifloslantirishdan bo’ladigan zarar ancha kamayadi. 15.1-rasmdagi Ye1 Ye2 Ye uchburchakning yuzi xususiy chekli xarajatni ijtimoiy chekli xarajatdan past bo’lishi bilan bog’liq bo’lgandagi yo’qotilgan samarani ko’rsatadi. Shunday qilib, salbiy tashqi Samara mavjud bo’lganda iqtisodiy ne’mat samarali hajmdan ko’proq hajmda sotiladi va sotib solinadi, aniqroq qilib aytadigan bo’lsak salbiy tashqi samaraga ega bo’lgan tovarlar va xizmatlar keragidan ortiqcha ishlab chiqariladi. Musbat (ijobiy) tashqi samara biror iqtisodiy subyektning faoliyati boshqa subyektlarga yutuq keltirganda vujudga keladi. MSB = MPB + MEB Bu yerda MSB – ijtimoiy chekli yutuq MPB – xususiy chekli yutuq MEB – tashqi chekli yutuq Ijobiy tashqi samaraga maorifni va ilmiy izlanishlarni keltirish mumkin. Maorif yaxshi yo’lga qo’yilsa, bundan jamiyatning har bir a’zosi yutadi. Xuddi shunday ilmiy izlanishlardagi kashfiyotlardan ham jamiyat va uning a’zolari yutadi. Har bir shaxs ta’lim olayotganda o’zi oladigan yutuqni uylashi mumkin, lekin, bundan jamiyat qanday yutuq olish mumkinligini o’ylamaydi, ya’ni o’zi qanday yutuq olish mumkinligini o’ylamaydi, ya’ni o’zi oladigan yutuqni hisobga oladi, xolos. Shaxs ta’lim olishga qaror qilishidan oldin ta’limga ketadigan xarajat bilan ta’limdan oladigan yutuqni bir-biri bilan taqqoslab ko’radi. Inson kapitaliga qilingan investisiyalar jamiyat uchun optimal bo’lgan miqdordan past bo’ladi (15.2-rasm). Bozor muvozanati U1 xususiy chekli yutuq bilan ijtimoiy chekli xarajat chiziqlari kesishgan nuqtada o’rnatiladi. MPB = MSS Ya’ni (6) tenglikda jamiyat oladigan chekli yutuq hisobga olinmagan. Umuman olganda ijtimoiy chekli yutuq xususiy chekli yutuqdan tashqi chekli yutuq miqdoriga katta. Shuning uchun ham, ishlab chiqarish hajmini umumiy chekli yutuq, ya’ni ijtimoiy chekli yutuq ijtimoiy chekli xarajatga teng bo’lganga qadar oshirish mumkin. Demak, jamiyat uchun samarali bo’lgan muvozanat, R F P P2 E2 P1 E1 D = MPB + MEB D = MPB Q Q2 Q1 18.2 – rasm. Ijobiy tashqi samara ijtimoiy chekli yutuq chizig’i bilan ijtimoiy chekli xarajat chizig’i kesishgan Ye2 nuqtada erishilishi mumkin. Natijada, samaradorlik FE2E1 uchburchak yuziga teng miqdorga oshadi. Umumlashtirib aytadigan bo’lsak, ijobiy tashqi samara bo’lganda iqtisodiy ne’matlar samarali hajmdan kam miqdorda sotiladi va sotib olinadi, ya’ni ijobiy tashqi samarali tovarlar va xizmatlar kamroq ishlab chiqiladi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling