Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Atrof-muhitni muhofaza qilish siyosati


Download 1.6 Mb.
bet61/87
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1489892
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87
Bog'liq
Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

Atrof-muhitni muhofaza qilish siyosati. Ushbu siyosat yordamida nazorat qilishdan olinadigan ijtimoiy chekli yutuq nazoratni amalga tadbiq etish uchun sarflanadigan ijtimoiy chekli xarajat bilan balanslashtiriladi.
Ijtimoiy chekli yutuq MSV nazoratni amalga tadbiq etish uchun sarflanadigan ijtimoiy chekli xarajat bilan balanslashtiriladi. Ijtimoiy chekli yutuq MSV chizig’i bilan ijtimoiy chekli xarajat MSS chizig’i kesishgan nuqta zararli chiqindilarni chiqarishning jamiyat uchun samarali bo’lgan darajasini aniqlashga yordam beradi (15.3. - rasm).
MSS chizig’i atrof-muhitni ifloslantiradigan chiqindilarning foiz bo’yicha kamayib borishi natijasida ijtimoiy chekli xarajatlarni oshib borishini ifodalaydi. Shuning uchun ham chiqindilarni har bir qo’shimcha foiz kamaytirilishi yanada ko’proq xarajat bilan bog’liq. Zararli chiqindilarni atrof-muhitga chiqarilishini kamaytirishning uchta varianti mavjud: zararli chiqindilarni atrof-muhitga chiqarilishda norma va standartlarni o’rnatilishi; chiqindilar uchun to’lov o’rnatish, chiqindilarni vaqtincha chiqarish uchun ruxsatnoma sotiщ.
Zararli chiqindilar uchun to’lov. Bu usulga ko’ra atrof-muhitga chiqaradigan har birlik zararli chiqindisi uchun firmirlarga to’lov belgilanadi. Ushbu usul, tajriba ko’rsatayaptiki, atrof-muhitga chiqariladigan umumiy chiqindi hajmini kamaytirishga olib keladi. Lekin, bu tizimni aniq ishlashni to’liq kafolatlash qiyin.
Tabiiy muhitni zararlash huquqini sotish. Davlat ma’lum soha bo’yicha zararli chiqindilar chiqarishning mumkin bo’lgan hajmini aniqlab, uni ruxsatnoma (lisenziya) shaklida auksion orqali sotadi.
Bozor iqtisodiyotida davlatning roli
Sof ijtimoiy ne’matbu barcha fuqarolar tomonidan, jamoa tomonidan iste’mol qilinadigan ne’mat bo’lib, ushbu iste’mol alohida insonning ushbu ne’mat uchun pul to’lashi yoki to’lamasligiga bog’liq emas.
Sof ijtimoiy mahsulot ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qilishda tanlamaslik va iste’moldan ajratilmaslik. Shunday xususiyatga. ega bo’lgan ijtimoiy ne’matga armiya va milisiya xizmati kiradi. Iste’molda tanlanmasligi xususiyati shuni bildiradiki, sof ijtimoiy ne’matni bir kishi tomonidan iste’mol qilinishi boshqa bir kishining ushbu ne’mat iste’molini kamaytirmaydi. Bunday ne’matlar raqobatdan holi, nima uchun deganda, qo’shimcha iste’molning chekli xarajati nolga teng.
Iste’moldan ajratilmaslik xususiyati shundan iboratki, hyech bir kishiga iste’mol qilish (hatto u ushbu iste’mol uchun to’lashdan voz kechsa ham) mann qilinmaydi.
Sof xususiy ne’mat – bu shunday ne’matki, uning har birligi ma’lum to’lovga sotiladi. Sof ijtimoiy ne’matning sof xususiy ne’matdan asosiy farqi – u bo’laklarga bo’linmaydi va bo’laklarga bo’linib ham sotilmaydi. Sof ijtimoiy mahsulotning bo’laklariga narx belgilash ham mumkin emas. Sof ijtimoiy mahsulotga bo’lgan umumiy talabni aniqlash ham o’ziga xosdir. Sof ijtimoiy mahsulotning bo’laklariga narx belgilash ham mumkin emas. Sof ijtimoiy mahsulotga bo’lgan umumiy talabni aniqlash ham o’ziga xosdir. Sof ijtimoiy mahsulotga bo’lgan talab chizig’i jami mahsulotning chekli nafliligini ifodalaydi (16.1. - rasm).
Haqiqatda esa, iste’molchilar iste’mol qilingan sof ijtimoiy mahsulot uchun pul to’laydimi, yo’qmi undan naf olganligi uchun ayrim hollarda ortiqcha to’lovlarsiz, bepul ushbu ne’matlarni olishga harakat qiladi. Ushbu vaziyat biletsiz muammosini, ya’ni «quyon» muammosi nomini oldi. Bu yerda iqtisodiy subyektlarning bozorining bozor mexanizmi ishlamaydigan joylaridan foydalanib, boshqalar hisobidan ko’proq yutuqqa erishishga harakat qilishi nazarda tutildi. Biletsiz yuruvchi muammosi ko’proq katta iste’molchi jamoa guruhlarida yuzaga keladi, nima uchun deganda, bunday guruhlarda kerakli, to’liq axborotni olish qiyin. Biletsizlar muammosini mavjudligi sof ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish hajmini uning samarali hajmidan kam bo’lishiga olib keladi. Bozor mexanizmi bu muammoni yechishga ojiz. Ushbu xatoni tuzatishda davlatning ahamiyatga nihoyatda katta.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling