Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Download 1.6 Mb.
bet64/87
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1489892
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   87
Bog'liq
Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

Ishlab chikaruvchi ortikchaligi ishlab chikaruvchi tomonidan olingan umumiy manfaatni bildiradi.
Bir xil ishlab chikaruvchilar uchun bir birlik maxsulot xarajatlari bozor narxiga teng bulsa, boshka ishlab chikaruvchi uchun ushbu xarajatlar bozor narxidan kichikdir. Demak, ishlab chikaruvchilar ushbu tovarni sotishdan foyda, ya’ni ortikcha manfaat oladilar. Xar bir tovar uchun ushbu ortikcha manfaat tovarning bozor narxi bilan uni ishlab chikarishdagi chekli xarajati urtasidagi farkga teng bulib, uni ishlab chikaruvchi oladi.
Bu fark bir birlik maxsulotdan oladigan foyda bilan ishlab chikarishdagi xar kanday rentani kushilganiga teng.
Umuman ishlab chikaruvchi ortikchaligi bu barcha ishlab chikaruvchilar tomonidan olinadigan foydalarning umumiy yigindisidir.
Bozor uchun umumiy ishlab chikaruvchi ortikchaligi taklif chizigidan tortib to bozor narxi chizigigacha bulgan oralikdagi yuzaga teng (3-rasm).




3-rasm. Ishlab chikaruvchi ortikchaligining grafikdagi tasviri.


Rasmdagi shtirxlangan uchburchak iste’molchi ortikchaligini ifodalaydi. Iste’molchi ortikchaligi ishlab chikaruvchilarning umumiy sof foydasini ulchashga yordam berishini e’tiborga olsak, biz bu kusatkich yordamida davlatning bozorga aralashuvidan olinadigan kushimcha foyda yoki zararni iste’molchi ortikchaligining natijaviy uzgarishni ulchash yordamida aniklashimiz mumkin.
2. Iste’molchi va ishlab chikaruvchi ortikchaligidan foydalanish
Iste’molchi va ishlab chikaruvchi ortikchaligi yordamida davlatning iktisodiy siyosatini baxolash mumkin. Biz oldingi boblarning birida narxlarni davlat tomonidan nazorat kilinishi, ya’ni davlat tomonidan urnatiladigan maksimal va minimal narxlar va bu siyosatning iktisodiy okibatlari tugrisida gapirgan edik.
Faraz kilaylik, tovarga davlat tomonidan maksimal narx urnatildi deylik, ya’ni ( muozanat narx) (4-rasm).


4-rasm. Narx davlat tomonidan nazorat kilinganda iste’molchi va ishlab chikaruvchi ortikchaligining grafikdagi tasviri.


Maksimal narx urnatilganda bir kator ishlab chikaruvchilar (xarajatlarini maksimal narxda koplay olmagani uchun) bozordan sikib chikariladi va ishlab chikariladigan va sotiladigan maxsulot xajmi dan gacha kamayadi. Tovarni sotib olishni davom ettirayotgan iste’molchilar tovarni past narxda sotib oladilar va ularning iste’mol ortikchaligi oshadi. Ushbu oshgan ortikchalik grafikda kushshtrixlangan A turtburchak yuzi bilan ifodalangan. Lekin bir kator iste’molchilar tovar xajmi kiskargani uchun uni sotib ololmaydilar. Ularning iste’mol ortikchaligining kiskarganligi shtrixlangan V uchburchak yuziga teng. Demak, iste’molchi ortikchaligining sof uzgarishini kuyidagicha aniklash mumkin.
, (1)
bu yerda, - iste’molchi ortikchaligining sof uzgarishi.
Rasmdan kurinib turibdiki, bulgani uchun sof iste’molchi ortikchaligi musbat
Endi ishlab chikaruvchi ortikchaligini karaymiz. Bozorda kolib ishlab chikarishni davom ettirayotgan ishlab chikaruvchilar bozor narxidan past narxda xajmda maxsulot ishlab chikaradi. Ishlab chikaruvchilar grafikda kursatilgan A turtburchak yuziga teng bulgan iste’molchi ortikchaligini yukotadilar.
Bozordan sikib chikarilgan ishlab chikaruvchilar tomonidan yukotilgan ishlab chikaruvchi ortikchaligi esa S uchburchak yuzi bilan ifodalangan. Demak, ishlab chikaruvchi ortikchaligining umumiy uzgarishi teng:
, (2)
bu yerda, i/ch - ishlab chikaruvchi ortikchaligining sof uzgarishi.
Rasmdan kurinib turibdiki, narxni nazorat kilish umumiy yalpi ortikchalikning ma’lum kismini yukotishga olib keladi va ushbu yukotishga tulik yukotish deyiladi.
Ortikchaliklarning umumiy uzgarishini aniklash uchun biz iste’mochi ortikchaligi uzgarishi ist. va ishlab chikaruvchi ortikchaligi uzgarishi i/ch ni kushamiz.
(3)
Shunday kilib, biz V va S uchburchaklarning yuziga teng bulgan tulik yukotishni olamiz. Bu tulik yukotish narxlarni nazorat kilish bilan boglik davlatning iktisodiy siyosatining samarasiz ekanligini kursatadi. Bu yerda ishlab chikaruvchilar tomonidan yukotilgan ortikchalikning iste’molchilar yutib olgan ortikchalikdan katta ekanligini kurish mumkin.
Agar talab chizigi juda xam elastik bulmaganda narxlarni nazorat kilish xam juda katta yukotishga olib kelishi mumkin (5-rasm).
Rasmdan kurinib turibdiki, V uchburchak yuzi bozordan sikib chikarilgan iste’molchilarning yukotishlari bulib, bu bozorda kolib tovarni sotib olish xukukiga ega bulgan iste’molchilarning yutugini ifodalovchi A turtburchak yuzasidan katta. Bu yerda bozordan sikib chikarilgan iste’molchilar katta yukotishga ega.

Endi faraz kilaylik davlat tomonidan minimal narx urnatildi deylik ( - muvozanat narx), ya’ni davlat narxni muvozanat narxidan yukori kilib belgilanadi (6-rasm).


Rasmdan kurish mumkinki ishlab chikaruvchilar narx oshganda nisbatan kuprok maxsulotni ishlab chikarishga xarakat kiladi. Iste’molchilar kamrok ( urniga mikdorda) maxsulot sotib olishga xarakat kiladi.


6-rasm. Narx muvozanat narxidan yukori belgilangandagi ishlab chikaruvchilar va iste’molchilarning yukotishlari.
Agar biz ishlab chikaruvchilar bozorda kancha maxsulot sotilsa shuncha maxsulot ishlab chikaradi, deb faraz kilsak, bozorga ishlab chikarilgan maxsulot mikdori ga teng buladi va bu yerda xam ishlab chikaruvchilar va iste’molchilar ortikchaligi yukotiladi. Bu yerda A turtburchakning yuzi ishlab chikaruvchilarning olgan kushimcha ortikchaligini ifodalaydi. Lekin, minimal ( ) narxda maxsulotni xajmi mikdordan ga kiskargani uchun ishlab chikaruvchi ortikchaligining bir kismi yukotiladi. Natijada ishlab chikaruvchi ortikchaligining uzgargan kismi kuyidagiga teng: . (4)
Iste’molchilar minimal ( ) narxda xar bir maxsulot uchun muvozanat narxdan yukori narx tulaydi va natijada ularning iste’mol ortikchaligiga rasmdagi A turtburchak yuziga teng bulgan mikdorda kamayadi. Narx oshganligi munosabati bilan ba’zi bir iste’molchilar ushbu bozordan chikib ketadi va tovarni sotib ololmaydilar va bunga mos bulgan ortikchalikni yukotadi. Bu yukotish rasmda V uchburchak bilan ifodalangan. Demak, iste’molchilarning ortikchaligining umumiy uzgarishi kuyidagini tashkil kiladi: . (5)
Kurinib turibdiki, bunday siyosat iste’molchilarning turmush darajasini tushurib yuboradi.
(4)- va (5)- ifodalarni kushib umumiy ortikchalikdagi uzgarishni aniklaymiz:
ki/ch.Kist.kA-SK(-A-V)k-S-V (6)
Demak, davlat tomonidan minimal narx urnatilganda umumiy tulik yukotish vujudga keladi va u ikkita S va V uchburchaklar yuzalarining yigindisi bilan ifodalanadi.Endi biz ishlab chikaruvchilar ortikchaligini ishlab chikarish mikdordan mikdorga kengaytirilganda karab chikamiz. Xakikatdan xam minimal narx muvozanat narxdan yukori bulganda u ishlab chikaruvchilarni mikdorga maxsulot ishlab chikarishga undaydi. Lekin, ular bozorda fakat xajmdagi maxsulotni sotish mumkin xolos. Ular mikdordagi maxsulotni ishlab chikarishga ketgan xarajatlarni koplaydigan daromadni olaolmaydi (7-rasm). Rasmda ushbu xarajatlar shtrixlangan D trapesiya yuzi bilan ifodalangan.

7-rasm. Minimal narx urnatilishi natijasidagi yukotishlar grafigi.


Natijada ishlab chikaruvchilarning ortikchaligi uzgarishi kuyidagiga teng:

Yana bitta misol tarikasida mexnat (ishchi kuchi) bozorini karaylik.


Ma’lum mexnat bozorida ishchi kuchi baxosi bu ish xaki. Davlat tomonidan minimal ish xaki ( ) belgilandi deylik.
8-rasmda taklif chizigi ishchi kuchi taklifini, talab chizigi - ishchi kuchiga talabni ifodalaydi. Davlat tomonidan urnatilgan minimal ish xaki mexnat resurslari bozoridagi muvozanat ish xaki dan katta, ya’ni .

8-rasm. Minimal ish xaki grafigi.


Ushbu siyosat natijasida ish joyi topgan ishchilar (rasmda L1 ishchi) yukori ish xaki oladi. Lekin, ìèkdoridagi ishchilar ish topa olmaydilar va ishsiz koladilar. Demak, bunday siyosat ishsizlikka olib kelishi mumkin.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling