Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Mavzu:Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken qonuni


Download 1.6 Mb.
bet73/87
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1489892
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87
Bog'liq
Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn

Mavzu:Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken qonuni

Barcha mavjud resurslardan to’liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo’lgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali deb ataladi.


Mamlakatning ishlab chiqarish potensiali potensial YAIM ko’rsatkichi bilan o’lchanadi.
Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat o’z iqtisodiy potensialini to’liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YAIM hajmi (Yh) potensial YAIM (Yp) hajmidan ortda qoladi. YA’ni YAIMning uzilishi (YUZ) ro’y beradi.
2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o’lchanishi.
Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida ishlab chiqarish resurslari to’liq foydalanilmay qoladi.YAIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri bo’lgan mehnat resurslaridan to’liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo’ladi.Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas balki ishchi kuchi kategoriyasidan ko’proq foydalaniladi.
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi.
Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga bo’lgan talab qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga bo’lgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo’lgan talab miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo’lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Davriy ishsizlik asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning kamayishidan paydo bo’ladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga bo’lgan yalpi talabning kamayishinishunga muvofiq, yalpi tatalabning kamayishini, va oqibatda aholining ish bilan bandligi qisqarishi va ishsizlikning o’sishini bildiradi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling