Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Download 1.6 Mb.
bet74/87
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1489892
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87
Bog'liq
Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesn


To’la ish bilan bandlik ishchi kuchining 100 foiz ish bilan ta’minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, friksion va strukturali ishsizlik ilojsiz hol bo’lganligini hisobga olsak, biz mutlaq to’la ish bilan bandlilikka erishib bo’lmasligini tushunamiz.
Agarda davriy ishsizlik bo’lmasa, u holda to’la ish bilan bandlilikka erishiladi. To’la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik, ishsizlikning tabiiy darajasi deyiladi. Bunga ish qidiruvchilar soni bo’sh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik yig’indisiga teng bo’ladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emaschunki u iqtisodiy vaziyat, qonun va milliy an’analar bilan bog’liq holda o’zgarib turadi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi o’n yilda mavjud bo’lgan haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi o’n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik darajalarining o’rtacha miqdori sifatida belgilanadi. Umumiy holda ishchi kuchi ish bilan band va faol ish qidirib yurgan ishsizlarga bo’linadi.
Potensial YAIM deganda mamlakatdagi ishlab chiqarish resurslaridan to’liq foydalanilgan sharoitda mumkin bo’lgan ishlab chiqarish hajmi tushuniladi.
Potensial YAIM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo’q deb emas, balki mavjud, biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi.
Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potensial YAIM hajmini ololmaydi. SHu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo’lsa, YAIM uzilishi shuncha ko’p bo’ladi. SHuning uchun ham potensial hajmdagi YAIM* haqiqiy YAIM dan katta bo’ladi.
Ishsizlik darajasi va YAIM uzilishi o’rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. SHuning uchun bu qonun, OUKEN qonuni deyiladi. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik 1 foizni tashkil etsa milliy iqtisodiyot YAIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. YAMMning pastroq darajasi o’z navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq bo’lishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi.
Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo’qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsiyenti deb atalgan bu koeffitsiyent miqdori 2 foizdan 3 foiz oralig’ida deb hisoblanadi.
4.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari, namoyon bo’lish shakllari va ishsizlik darajasiga ta’siri.
YUzaga kelgan jahon moliyaviy -iqtisodiy inqirozi dunyodagi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda makroiqtisodiy berqarorlikni keltirib chiqardi. «Bu inqiroz Amerika Qo’shma SHtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro’y bergan tanglik holatidan boshlandi. So’ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to’lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o’z navbatida, ko’plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog’liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi»1.
Dastlab AQSH ipoteka bozorlarida namoyon bo’lgan mazkur inqiroz yetarlicha to’lov layoqatiga ega bo’lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bo’lgan qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro’y berdi.
Modomiki, ipoteka krediti o’zining mohiyati bo’yicha ko’chmas mulk garovi hisobiga beriladigan kreditlar bo’lsada, AQSH bozorlari bunday likvidli ko’chmas mulklarga yetarlicha «to’yindi» va ularning narxlari keskin tusha boshladi. Buning ustiga investitsion banklarning AQSH ipoteka bozorlaridagi yangi moliyaviy «mahsulot» hisoblangan aktivlarni sek’yuritizatsiyalash bo’yicha operatsiyalarining avj olishi ipoteka bozorlaridagi tanazzullik holatlari ehtimolligini oshirdi.
AQSH iqtisodiyoti yaratilgan shart-sharoitlar tufayli arzon kredit resurslariga to’yindi va bu Federal zahira tizimi (FZT) amalga oshirayotgan pul-kredit siyosatini o’zgartirishiga olib keldi. Natijada 2004-2006 yillarda Federal zahira tizimi foiz stavkalarni 6,25% gacha ko’tardi. Kreditlarning qimmatlashuvi aholini ipotekaga nisbatan talabining pasayishiga va kreditlarni qaytarish bo’yicha qarzdorlar to’lovining qisqarishiga olib keldi. Pirovard natijada 2007 yil boshida AQSHda aholining ipoteka kreditlarini qaytarishi bilan bog’liq muammo kuchaydi. Qarzdorlarning ko’chmas mulk garovi bilan olingan kreditlarni qaytarishdan ko’ra to’lovlarni to’lashdan bosh tortish holati kengaydi. Banklarning to’lov qobiliyatiga ega bo’lmagan mijozlarning ko’chmas mulklarini qayta sotuvga qo’yishi natijasida ipoteka bozoridagi taklif ko’payib, bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib keldi.
Pirovard natijada 2007 yil boshida AQSHda aholining ipoteka kreditlarini qaytarishi bilan bog’liq muammo kuchaydi. Qarzdorlarning ko’chmas mulk garovi bilan olingan kreditlarni qaytarishdan ko’ra to’lovlarni to’lashdan bosh tortish holati kengaydi. Banklarning to’lov qobiliyatiga ega bo’lmagan mijozlarning ko’chmas mulklarini qayta sotuvga qo’yishi natijasida ipoteka bozoridagi taklif ko’payib, bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib keldi.
Britaniyaning nufuzli gazetalaridan biri bo’lgan «Gardian» jahon moliyaviy inqirozining asosiy aybdorlari ro’yxatini e’lon qildi. Mazkur ro’yxatning oldingi o’rinlarida AQSHning taniqli siyosatchilari o’rin olgan bo’lib, unda inqiroz faqatgina iqtisodiyot rivojlanishining navbatdagi harakatlantiruvchi kuchi ekanligi ta’kidlab o’tilgan.
Aksariyat moliyachi-iqtisodchilar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning haqiqiy sabablaridan biri sifatida rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosatining «mevasi» ekanligini, ya’ni «o’z-o’zini boshqaruvchi bozor» g’oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvini cheklanganligi bilan ham izohlamoqdalar.
YUzaga kelgan global moliyaviy –iqtisodiy inqiroz jahonning asosiy moliyaviy markazlari hisoblangan yirik fond bozorlarini o’z ichiga oluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Uning o’ziga xos xususiyati shundaki, moliyaviy inqiroz inflyatsiya, qator banklar va moliyaviy muassasalarning tanazzulga yuz tutishi ta’sirida ishsizlik, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi va boshqalar negizida iqtisodiy inqiroz shaklida kuchayib bormoqda. Bundan ko’rinadiki, hozirgi jahon moliyaviy inqirozining o’ziga xos xususiyati – bu uning iqtisodiyotning moliyaviy sektoridan boshlanib, real sektoriga o’tganligidir.
Global inqiroz bo’yicha ko’p sonli nashrlarni tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, dunyoning rivojlangan davlatlari uchun inqirozning harakat nuqtasi moliyaviy bozorlarning beqarorligi bo’ldi va inqirozning rivojlanishi sxemasi quyidagi ko’rinishda bo’ldi:
Moliyaviy bozorlarning beqarorligi → Kreditlarning qisqartirilishi va iste’molning pasayishi → Ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi, ishsizlikning o’sishi.
3.1-diagramadagi ma’lumotlardan ko’rinadiki, jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi ishsizlik keyingi 3 yil mobaynida o’sib borishi kuzatilmoqda. 2009 yilda AQSHda ishsizlik darajasi 7,2%, YAponiyada 4,4%, Buyuk Britaniyada 6,4%, Germaniyada 8,2% ga o’sishi kutilmoqda. Bu o’z-o’zidan ijtimoiy transfertlarning ko’payishi hisobiga davlat xarajatlarining o’sishiga olib keladi.
5. O’zbekistonda ishsizlik darajasining 2017 yilgi holati
O’zbekistonda ishsizlar soni mehnatga layoqatli aholining 5,4 foizini tashkil etadi.
“O’zbekistonda bugungi kunda 32,5 mln fuqaro bo’lsa, shundan 14,5 mln kishi iqtisodiy faol fuqaro hisoblanadi. Bandlikka ko’maklashish va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda umumlashtirgan rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, yanvar’-sentyabr’ oylarida 765 ming kishi rasmiy ishsiz deb qabul qilingan. Bu esa, ishlashi mumkin bo’lgan aholiga nisbatan 5,4 foizni tashkil qilishini anglatadi. Agar ishsiz aholi joylardagi bandlikka ko’maklashish va mehnat munosabatlari bo’limlariga rasman murojaat qilib, ro’yxatdan o’tmasa, ular ishsiz deb e’tirof etilmaydi. SHunga binoan, ishsiz yurgan fuqarolar Bandlikka ko’maklashish va mehnat munosabatlari vazirligining tuman bo’limlariga murojaat qilishsa, ishsizlik borasidagi aniq raqamlarga ega bo’lish imkoni paydo bo’lar edi.
Bundan tashqari kelasi yildan ish haqlarini inflyatsiyaga bog’liq ravishda oshirish tizimi joriy etilishi haqida ma’lumotlar berildi.
“2018 yildan byudjet tizimida ish haqini belgilashda birinchidan, inflyatsiyani to’g’ri hisoblash va uning darajasidan kelib chiqqan holda har 6 oyda inflyatsiyadan kam bo’lmagan miqdorda kompensatsiya qilish tizimi yo’lga qo’yiladi. Masalan, 1 yanvardan 1 iyulgacha bo’lgan 6 oyda inflyatsiya qancha bo’lsa, shu miqdorda ish haqi oshiriladi. Keyingi 6 oyda ham, ya’ni yil oxirida xuddi shu tarzda ish haqiga kompensatsiya qilinadi.
Bu, inflyatsiya darajasiga mos ravishda oylik maoshlar miqdorini oshirish tajribasi birinchi marta qo’llaniladi. Avvalgi yillarda inflyatsiya e’tiborga olinmasdan ish haqlari oshirib kelingan.

Endi shu o’rinda yana bir masala paydo bo’ladi. Aholi daromadlarini oshirish uchun ishlab chiqarishni real kuchaytirish, buni fuqarolar o’zida his qilishlaridir. Buni ta’minlash uchun 3 ta eng asosiy muammoni hal qilish kerak bo’ladi.


- YOqilg’i-moylash mahsulotlariga bo’lgan taqchillikka barham berish. Ular bilan uzluksiz ta’minlash masalasi. YUqorida ta’kidlanganidek, hukumat mablag’larni ajratayapti, “O’zbekneftegaz” bu vazifani qisqa muddatda hal qilishi kerak.
- Elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash. CHunki, elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishlar bo’lsa, ishlab chiqarish o’z vaqtida buyurtmalarini bajara olmaydi, mahsulotlar tannarxi oshishiga olib keladi. Bu esa, uning bozordagi raqobatbardoshligiga putur yetkazayapti.
- Ishlab chiqarish quvvatlarini gaz bilan uzluksiz ta’minlash. Bu borada ham yuqoridagi gaplarni aytish mumkin.
SHunga binoan, bu muammolarni hal etish maqsadida kelasi yili gaz va elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini 17 foizdan oshirish rejalashtirilgan”



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling