Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviylngi
“Biznesni rejalashtirish” fani o’quv rejaning ixtisoslik fanlar blokiga kiradi va 7-semestrda o’qitiladi.
“Biznesni rejalashtirish” fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kirib, u barcha noiqtisodiy bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida ham o’qitiladi. Mazkur fan boshqa iqtisodiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o’z rivojida aniq yo’nalishdagi iqtisodiy fanlar (Iqtisodiyot nazariyasi, Iqtisodiy ta’limotlar tarixi, Mikroiqtisodiyot, Makroiqtisodiyot, Mintaqaviy iqtisodiyot, Statistika, Mehnat iqtisodiyoti, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, Menejment, Marketing, Pul, kredit va banklar, Buxgalteriya hisobi, Iqtisodiy tahlil va audit, Moliya, Investitsiyalarni baholash, Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari, Valyuta munosabatlari nazariyasi, Iqtisodiy tsikllar nazariyasi, Iqtisodiy fanning zamonaviy yo’nalishi va kontseptsiyalari va h.k.)dan ham ozuqa oladi. U tadqiqot usullari bo’yicha boshqa ijtimoiy (Huquqshunoslik. O’zbekiston Respublika Konstitutsiyasi, Falsafa (etika, estetika, mantiq), tarix, sotsiologiya, O’DJQNA) fanlar bilan ham mustahkam bog’liqdir.
Fanning ilm-fan, iqtisodiyot va ishlab chiqarishdagi o’rni
“Biznesni rejalashtirish” fani bozor islohotlarini takomillashtirish, jahon bozorida vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, real iqtisodiy xodisa va jarayonlarni o’rganish va bashorat qilish imkonini beradi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “Biznesni rejalashtirish” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, keys-texnologiyalaridan foydalaniladi. Ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida o’qitishning interaktiv usullari (vizual, muammoli, mualliflik ma’ruzalari, ikki tomonlama tahlil, Insert, klaster, “Venna”, Sinkveyn va boshqalar)dan foydalaniladi.
Fan o’qituvchisi tomonidan pedagogik va modulli texnologiya tamoyillari asosida “Global iqtisodiy rivojlanish” fani o’quv mashg’ulotlarining loyihalari ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |