Biznesni rejalashtirish
Aralash iqtisodiyot – turli xil shakllarda bo'lib, bozor iqtisodiyoti va davlatning iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi ishtirokining uyg'unlashuvi bilan tavsiflanadi
Download 0.59 Mb.
|
Biznesni rejalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Germaniya, Koreya va Xitoyni esga olaylik.
Aralash iqtisodiyot – turli xil shakllarda bo'lib, bozor iqtisodiyoti va davlatning iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi ishtirokining uyg'unlashuvi bilan tavsiflanadi.
Bozor iqtisodiyoti qadimgi davrlarda vujudga kela boshlagan bo'lsada, uch yuz yildan beri amal qilib kelmoqda. Tovarlarni ayirboshlash zaruratidan kelib chiqqan bozor asta-sekinlik bilan jamiyatdagi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakliga aylanib bordi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan odamlar tovarlarni ayirboshlash qandaydir sirli aloqalarga egaligini tushuna boshlagan bo'lib, ularni Adam Smit o'z vaqtida «ko'rinmas qo'l» deb atagan
Narx, qiymat, raqobat, talab va taklif – bularning barchasi bozor toifalaridir. Bozor mexanizmini to'g'ri tushunish uchun narx va qiymat o'rtasidagi farqni tasavvur qila olish, iste'mol va ayirboshlash qiymati nima ekanligini, raqobatning asosiy belgilarini bilish zarur. Germaniya, Koreya va Xitoyni esga olaylik. Bu mamlakatlar ikki qismga bo'lib tashlangan hamda mamlakatning bir qismida bozor iqtisodiyoti, ikkinchi qismida esa rejali-taqsimot iqtisodiyoti amal qilgan edi. Bu mamlakatlarda yashagan odamlar millati, tili, dini va urf-odatlari bir xil bo'lsada, ular erishgan iqtisodiy rivojlanish natijalari bir xil bo'lmagan. Demak, har bir davlatning gullab-yashnashi uning tabiiy resurslari, jumladan, jamiyatda to'plangan boylikdan tashqari xo'jalik yuritish tizimi, iqtisodiyotni barcha miqyosda boshqarish usul va uslublariga bog'liq bo'ladi.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling