Biznesni rejalashtirish


Download 0.59 Mb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1529819
1   2   3   4   5
Bog'liq
Biznesni rejalashtirish

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Uzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» asarida qayd etilganidek, «bozor iqtisodiyotini mustahkam ma'naviy, ma'rifiy va madaniy asosga tayangan holda yaratish lozim. Yoshlarda bozor munosabatlari, hayot qadriyatlari to'g'risida yuzaki tasavvur paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kerak»

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Uzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» asarida qayd etilganidek, «bozor iqtisodiyotini mustahkam ma'naviy, ma'rifiy va madaniy asosga tayangan holda yaratish lozim. Yoshlarda bozor munosabatlari, hayot qadriyatlari to'g'risida yuzaki tasavvur paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kerak»

BOZOR IQTISODIYOTINING ASOSIY BELGILARI QUYIDAGILARDAN IBORAT:

  • tartibga solinmaydigan talab, ya'ni iste'molchilar (xaridorlar) o'z ehtiyojlari va to'lov layoqatlaridan kelib chiqqan holda nimani va qancha miqdorda sotib olishni o'zlari belgilaydilar;
  •  tartibga solinmaydigan taklif, ya'ni korxonalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xo'jalik sub'ektlari bozor talabi va resurslar imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda chiqariladigan mahsulot nomenklaturasini (assortimentni) o'zlari belgilaydilar;
  •  talab va taklifni muvozanatlovchi erkin narx hosil bo'lishi;
  •  mahsulot (tovar) ishlab chiqarish va sotishda raqobat

1.2. BIZNES VA UNI TASHKIL ETISH SHAKILLARI

  • Biznes («business») so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, ish degan ma'noni anglatadi. Biznes bilan mashg'ul bo'lgan odatda odamlar biznesmenlar, ya'ni ishbilarmonlar deb ataladi. Li Yakokka XX asrdagi biznesning «eng buyuk qahramoni» hisoblanadi. U dastlab Genri Ford kompaniyasida ikkinchi rahbar bo'lib ishlagan, keyinchalik esa uning raqobatchisiga aylangan va «Kraysler» avtomobil korporatsiyasining prezidenti lavozimini egallagan. U shunday deb yozgan: «Butun hayot bu vaqt omilidir. O'z oldingga aniq maqsad qo'y. qo'lingdan kelgancha ta'lim ol, so'ngra Xudo haqqi, biron narsa qil». Agar biron-bir foydali ish qilinsa – bu biznesning albatta bajarilishi lozim bo'lgan shartidir, biznesning o'zi bozor iqtisodiyotining ishbilarmonlik asosidir.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling