Its 22 Oybekov G‘ulom raqobatli strategiyalar raqobat va raqobatbardoshlik tushunchalariga ilmiy yondoshuvlar
Download 9.23 Kb.
|
RAQOBATLI STRATEGIYALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strategik marketing nuqtai nazaridan xizmatlarning raqobatbardoshligini bozordagi mavjud analog xizmatning aynan bir talabini qondirish darajasidir.
ITS 2.22 Oybekov G‘ulom RAQOBATLI STRATEGIYALAR 1. Raqobat va raqobatbardoshlik tushunchalariga ilmiy yondoshuvlar Har qanday korxona faoliyatining muvaffaqiyati uning bozorga chiqarayotgan tovarining raqobatbardoshligiga bog‘liqdir. Yuqorida aytib o‘tilganidek, bugungi kunda raqobat va raqobatbardoshlik to‘g‘risida va unga berilgan ta’riflarni ko‘plab ilmiy ishlanmalarda uchratish mumkin. A.Marshal «Raqobat-qat’iy ravishda bir odamning ikkinchisi bilan biron narsani sotishda yoki sotib olishdagi o‘zaro musobaqalashuvidir» deb nisbat bergan edi. “Rakobat to'g'risidagi” konunga muvofik tovar va xizmatlar bozori - korxonalarning mamlakat xududida va mamlakat tashkarisida faoliyat olib boruvchi soxasidir. Ushbu qonunga muvofiq tovar va xizmatlar bozoridagi raqobat korxonalarning biri-biri bilan tovar va xizmatlar taklif etish jarayonida joriy etilgan umumiy shartlar doirasidagi uzaro bellashuvidir. Bozorning ma’lum tarmogidagi raqobatni o‘rganish jarayonida uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beruvchi quyidagi tushunchalarni bilish lozim: Raqobat doirasi - raqiblar tomonidan kiritilayotgan mahsulot, xizmatlar turi va bozorning qamrab olish doirasi. Raqobat predmeti- tovar va xizmatlar bozorida korxonalar mijozning pulini va ishonchini egallashga harakat qiladi. Keng ma’noda raqobat predmeti- mijoz talabini qondirishdir. Raqobat ob’ekti- tovar va xizmatlarining iste’molchilari-ya’ni mijozlar. Bozorda raqobat «predmet»i va «ob’ekt»i bir ma’noga ega emas, ya’ni raqobat kurashining ikki xususiyatini belgilaydi: tovar va xizmat – bir tomondan va mijoz ikkinchi tomondan. Raqobat sub’ekti- raqib, ya’ni iste’molchilarga xizmatlar va mahsulotlar, yoki o‘rnini bosuvchi tovarlarni taklif qiluvchi firma yoki boshqa yuridik shaxs. Yuqoridagi tushunchalarga e’tibor berib qaraydigan bo‘lsak, bozordagi raqobat tovar va xizmatlarning uziga xosligiga boglikligi ayon buladi.. Raqobat sub’ektlarini bir jinsli, bir turdagi tovar guruxi bilan iste’molchilarning aloxida bir segmenti uchun kurashayotgan shakli mavkeyidan kat’iy nazar turli xil firmalar tashkil etadi. Strategik marketing nuqtai nazaridan xizmatlarning raqobatbardoshligini bozordagi mavjud analog xizmatning aynan bir talabini qondirish darajasidir. A.S. Zavyalov fikricha raqobatbardoshlik-bozorga va xizmatlarni sotish davriga chambarchas bog‘liq tushunchadir. Chunki turistik korxonaxizmatlarining har bir iste’molchisi o‘z iste’molining qondirilishi darajasiga o‘z baxosini belgilaydi va bu bilan turistik xizmatlarining yanada individual xususiyat kasb etishini ta’minlaydi. Tovar raqobatbardoshligining o‘sishi quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin: qo‘llanadigan materiallar, texnologiyalar, ishlab chiqarishni va boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish; odamlar ehtiyojlarini qondirish borasida prinsipial jihatdan yangi bo‘lgan vositalarni yaratish; asosiy tovarlar bilan birgalikda ishlatiladigan tovarlarni mukammallashtirish yoki yangilarini yaratish; sotib olish sharoitlarini va iste’molchi tomonidan tovarning keyingi ishlatilishini yaxshilash. Raqobatbardoshlikni baholash «sifat-narx» ko‘rsatkichlarini raqobatchi tovarlar bilan taqqoslash asosida amalga oshiriladi (me’yorlar, namunalar va hokazolar). Download 9.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling