Biznesni tadqiq etish
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
biznesni tadqiq etish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-BOB. BIZNESNI TADQIQ ETISh USULLARINI TANLASh 3.1. Biznes tadqiqot jarayonlarini modellashtirish usullari
Nazorat uchun savollar: 1. Biznes tadqiqotlari asosan qanday yo’nalishlarda amalga oshiriladi? 2. Biznes tadqiqotlari yo’nalishlarini belgilashda qanday omillarni inobatga olish zarur? 3. Firmalarning marketing strategiyasiga ko’ra qanday yo’nalishdagi tadqiqotlarni uyushtirish lozim. 4. Biznes tadqiqotlari yo’nalishlari qanday belgilariga ko’ra turkumlanadi? 5. Biznes tadqiqotlarida qo’llaniladigan uslublar nimalardan iborat? 39 3-BOB. BIZNESNI TADQIQ ETISh USULLARINI TANLASh 3.1. Biznes tadqiqot jarayonlarini modellashtirish usullari Katta sonlar qonuni va biznesning taqsimot ehtimollari. Haqiqatdan ham kichik biznes hammani qiziqtiradigan soha, iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuch, YaIMning asosiy qismini tashkil etuvchi bo’lganligi sababli bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha rivoj-langan va rivojlanayotgan davlatlarda ishlab chiqarishning «lokomotivi» bo’lib maydonga chiqadi. Kichik biznes sub’ektlari harakatining har tomonlama qulayligi, serqirraligi tufayli tez o’zgaruvchan, noaniq, nobarqaror bozor iqtisodiyoti sharoitida ularda «suv yuzida qalqib turish imkoniyati» nisbatan yuqoriroqdir. Mamlakatning hududiy, demografik va boshqa o’ziga xos xususiyat-larini e’tiborga olgan holda, kichik biznesni rivojlantirishga viloyat yoki xudud bo’yicha yondoshish maqsadga muvofiq. Kichik biznes rivojlanishini tashkil etish istiqbollarini bashorat qilish va shu asosda mintaqalarda kichik biznes rivojlanishini boshqarishda ko’p jihatdan xudud bo’yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy-matematik va ekonometrik modellarning roli nihoyatda katta. Ekonometrik va iqtisodiy-matematik modellar asosida ularning faoliyati, rivojlanishi bashorat qilinadi va shu asosda kichik biznes hududiy darajada boshqariladi, tartibga solinadi. Bashoratlashning ko’plab usullari mavjud bo’lib, ular quyidagicha turkumlanadi 1 (2.1.1-rasmga qarang). Bundan tashqari, professor S.A.Sarkisyan bashoratlashni to’rt pog’o-nali tasnifini keltirib o’tadi: 2 1-pog’onada: faktografik, aralash va ekspert; 2-pog’onada: statistik, analogik, oldinlovchi, to’g’ri, teskari bog’-lanishli; 3-pog’onada: ekstrapolyatsiya va interpolyatsiya, regressiya va korrel-yatsiya, omilli modellar, matematik analogiya, tarixiy analogiya, ITT ni tadqiq qilish, texnika darajasini tadqiq etish, so’rov, tahlil, g’oyalarni generatsiyalash, o’yin modellari; 4- pog’onada esa 3-pog’onadagi har bir basho-ratlash usuliga mansub 30 tadan ortiq usullar tasnifi keltirib o’tiladi. 1 Е.В. Шикин, А.Г. Чхартишвили «Математические методы и модели в управлении». М.: Дело. 2015 г. стр. 190-208. 2 Теория прогнозирования и принятия решений.под.редак.проф.С.А.Саркисяна. М.:Высшая школа, 2014.стр.76-82. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling